Page 109 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 109

-Orol dengizining qurishi va tuzli chang aerozollarni tuproq yuzasiga  o‘tirishi
            natijasida tuproqlar sho‘rlanishi kabi degradatsiya jarayonlari.

                                            Tuproqdagi degradatsiyaning salbiy oqibatlari:
            -Tuproqning  genetik  qatlamidagi  ustki  gumusli    unumdor  qatlamining
            qisqarishi  natijasida  oziq  elementlarning  moddalarning  kamayib,yo‘qolib
            ketishi;
            -Tuproqning yuza qatlamlariga sizot suvlarining sathining ko‘tarilishi natijasida
            tuproqlarda sho‘rlanishning yuzaga kelishi;
            -Degradatsiya natijasida tuproqning fizikaviy xossalarining o‘zgarib ketishi;
            -Tuproqdagi turli xil tirik organizmlarning biomassasi va bioxilma-xilligining

            kamayib va yoqolib ketishi;
            -Tuproqda turli xil zaxarli kimyoviy preparatlarning to‘planishi.
                                              Tuproqlar  muhofazasi
                      Yer  yuzining  unumdor  qatlami–  tuproq–inson  hayot  faoliyatining  eng
            zarur  yashash    joyi  va    ozuqa  etishtiradigan  manbayi.  Muhit  ifloslanishi

            natijasida  ekosistemalar  ichidagi  trofik  jarayonlar-moddalar  hosil  bo‘lishi,
            ularning  aylanishi  va    energiya  oqimining  funksiyalari  buziladi.  Muhitni
            ifloslovchi moddalar ichida eng xavflisi og‘ir metallardir. Xavflilik darajasiga
            qarab og‘ir metallar quyidagi 3 ta turga bo‘linadi. 1-tur juda havfli: Kadmiy
            (Cd), Mishyak (As), Simob (Hg), Qo‘g‘oshin (Pb), Selen (Se), Sink (Zn), Nikel
            (Ni);  2-tur-toksin elementlar: Bor (B), Kobalt (Co), Mis (Cu), Molibden (Mo),
            Surma  (Sb),  Xrom  (Cr);    3-tur-kuchsiz  toksin  elementlar:Bariy  (Ba),Vanadiy
            (Y), Volfarm (W), Marganets (Mn), Stronsiy (Sr).

                    Tuproqning bioekologik holatining yomonlashhi natijasida tuproqdagi turli
            organizmlar tomonidan mikrotoksinlar hosil qilish jarayoni  tezlashtiradi va bu
            jarayon tuproqda salbiy ekologik holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

















                                10.5-6 rasmlar.Tuproqlarda degradatsiya jarayoni.
                                           Mavzu bo‘yicha  nazorat savollari:
            1.Sho‘rlangan tuproqlarning xossalari?
            2. Cho‘l zonasida tarqalgan tuproqlarning meliorativ holati ?
            3.O‘zbekiston dagi  sho‘rlangan tuproqlar va ularning sho‘rlanish sabablari?
            4.Eroziya va degradatsiyaning turlari?
            5.Eroziya va degradatsiyaning bir-biridan farqi nimada?


                                                           109
   104   105   106   107   108   109   110   111   112   113   114