Page 107 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 107

qiladi.  0-1gradusgacha:    eroziyaga  uchramagan  yerlar;  1-3gradusgacha:  kam
            eroziyaga  uchragan  yerlar;    3-5gradusgacha:  o‘rtacha  eroziyaga  uchragan
            yerlar;  5-7  gradusgacha:  kuchli  eroziyalangan  yerlar-7-10gradusgacha:  juda

            kuchli  eroziyalangan  yerlar  10-15gradusdan  yuqori  bo‘lganda  jarlanish  yuz
            beradi.Eroziyaga  uchragan    yerlarda  dehqonchilik  madaniyati  darajasini
            yuksaltirish  ularni  eroziyadan,  paxta  yakka  hokimligining  ta’siridan  keyin
            tuproq unumsizlashidan himoya qilish qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini tubdan
            ko‘paytirish  va  barqarorlashtirishning  eng  arzon  hamda  samarali  yo‘li
            hisoblanadi.Tuproqni  eroziyadan  saqlash  muammosi  dunyoning  arid  iqlimli
            mintaqasida joylashgan mamlakatlar va O‘zbekiston hududi uchun ham dolzarb

            muammodir.Respublikamizda eroziyaga uchragan yerlar-1.772,3 ming gektarni
            yoki haydaladigan yerlarning umumiy maydonining 40% tashkil etadi. Shundan
            721,9      ming       gektari     irrigatsiya      (noto‘g‘ri      sug‘orish)      eroziyasiga
            [X.M.Maxsudov,  1989],      salkam  50  ming  gektari  jarlik  eroziyasiga
            [A.Nig‘matov,  1988],  700,4  ming  gektari  lalmi  yerlar  yuza  suv  eroziyasiga

            [X.M.Maxsudov,  1989]  va    300  ming  gektari  shamol  eroziyasiga  uchragan
            [K.M.Mirzajonov, 1976].
                     Sug‘oriladigan  yerlarda  irrigatsion  eroziya  rivojlanadi.Tuproqning
            unumdorligi  yomonlashadi.  Qiyaliklarning  pastida  yuvilgan  tuproqlar  paydo
            bo‘ladi,  bu  tuproqlar  tepadan  yuvilib  tushgan  mayda  zarrachalaridan  iborat
            bo‘ladi.Irrigatsion  eroziyaga  uchragan  tuproqlarda  sug‘orish  ishlari  alohida
            usulda  bo‘lishi  zarur.  Bu  yerlarda  kam  miqdorda  suv  bilan  tez-tez  sug‘orib
            turish,  egatlar  imkoniyati  boricha  kam  qiyalik  qilinib  olish.  O‘g‘itlashda

            mineral  o‘g‘itlar  miqdori  25-30  %  ko‘p  bo‘lishi,  siderat  ekinlarni  ekish,
            bedazorlarni  haydash,  go‘ng  va  boshqa  organik  o‘g‘itlar  solish,  g‘o‘zapoyani
            maydalab solish, xlorella ko‘llash va boshqa tadbirlar qilish zarur.  K-4 va K-8
            polimerni  qo‘llash  sun’iy  struktura  hosil  qilish  va  tuproq  yuzasini  himoya
            qilish.Shamol eroziyasiga qarshi cho‘l xududlarida ixota daraxtzorlarini barpo

            qilish;  Tuproqning  holatiga  mos  ekinlar  ekib  tuproq  yuzasini  yopish.  Suv
            eroziyasiga  uchragan  tuproqlarda:  Terrasalar(zinapoyalar)  barpo  qilish;
            Daraxtlar  va  butalar    ekish;  Sug‘orish  eroziyasidan  saqlashda  yerlarni
            ko‘ndalang  haydash; Qisqa-qisqa 50metr  oraliqda egatlab  sug‘orish, sug‘orish
            ishlari alohida usulda bo‘lishi zarur.













                                    9.1-2 rasmlar. Tuproqlarda eroziya jarayoni.



                                                           107
   102   103   104   105   106   107   108   109   110   111   112