Page 110 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 110

III.BO‘LIM. AMALIY MASHG‘ULOTLAR


                      1. O‘ZBEKISTON XUDUDIDA TUPROQLARNING TARQALISH
                                                   QONUNIYATLARI

                     Tuproqlarning  kengliklar  bo‘yicha  tarqalishini  gorizo‘ntal  zonallik
            deyiladi.  Tuproqlarning  vertikal  yo‘nalishlar  bo‘yicha  almashinuvini  vertikal
            zonallik deyiladi.
                      Tuproqlar-tuproq  zonasi,    tuproq  zonachasi,  tuproq  fatsiyasi,  tuproq
            okrugi,       tuproq rayoniga bo‘linadi.

                         O‘zbekiston  tuproqlarini geografik xududlar bo‘yicha
                                               agrorayonlashtirish.
                   O‘zbekiston    Respublikasining  hududi  ikki  xil  geografik  xududga  -
            birinchi geografik hudud – quruq iqlimli, asosan past-tekislilardan iborat cho‘l
            mintaqasi. Bu hududning umumiy maydoni 71,7 % ni tashkil etadi.   Ikkinchi
            geografik  hudud  –  iqlim  sharoiti  yumshoqroq  va  namli,  tog‘  oldi  va
            tog‘liklardan  iborat  cho‘lga  tutash  dasht  mintaqsi  bo‘lib,  umumiy  maydoni

            28,3% ni tashkil etadi.
            O‘zbekistonda okruglar 8ta:
                    1.Ustyurt  okrugiga-Ustyurt  xududi  kiradi.  Bu  okrug  yaylov  sifatida
            foydalaniladi. Suv yetishmasligi sababli dexqonchilikda foydalanilmaydi.
                     2.Quyi  Amudaryo  okrugiga-qisman  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  va
            Xorazm viloyati kiradi. Bu xududda dehqonchilik qilinadi. Paxta, makkajo‘hori

            va sholi ko‘p ekiladi. Agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarni amalga oshirish
            zarur, okrugda zaxira yerlar ko‘p.
                     3.Qizilqum  okrugiga-Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  ancha  xududi,
            Buxoro viloyatining qumli xududlari, qisman Navoiy viloyatlari kirib, yerlarida
            sug‘oriladigan dehqonchilik qilinadi.
                    4.Zarafshon okrugiga-Zarafshon daryosining atrofi asosan Samarqand va
            qisman  Navoiy  viloyatlarining  hududi  kirib,  sug‘oriladigan  va  lalmi

            dehqonchilikda foydalaniladi.
                     5.Chirchiq-Ohangaron okrugiga-Chirchiq va  Ohangaron  daryolarining
            atrofi kiradi. Toshkent viloyati va qisman Sirdaryo viloyatlari kiradi.
                    6.Farg‘ona  okrugiga-Andijon,  Namangan  va  Farg‘ona  viloyatlarining
            hududlari kiradi.
                   7.Qashqadaryo  okrugiga-Qashqadaryo  viloyatining  hududi  kiradi.

            Sug‘oriladigan va lalmi yerlarida dehqonchilik qilinadi.
                   8.Surxondryo okrugiga-Surxondaryo viloyatining hududi kiradi. Shimoliy
            - g‘arbiy va shimoliy - sharqdan Xisor tog‘lari bilan o‘ralgan. Sug‘oriladigan va
            lalmi yerlarida lalmi dehqonchilik qilinadi.
                   Tuproqlarning xususiyatlariga ko‘ra ajratilishiga tuproq tasnifi deyiladi.
                       Tuproqlar klassifikatsiyasini tuzishdagi taksonimik birikmalar.


                                                           110
   105   106   107   108   109   110   111   112   113   114   115