Page 115 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 115
1.Tuproq kesmasi turlari necha xil?
2.Dalada kesma qazishning texnikasi?
3.Kundalikka nimalar yoziladi?
Tuproqning genetik qatlamlarini va morfologik belgilarini dalada
kesma qazib o‘rganish.
Tuproqni tabiiy sharoitda tekshirish shu hududning iqlimi, rel’efi, sizot
suvlari va uning sho‘rlanish hamda tuproq qatlamlarining morfologik (tashqi
ko‘rinishi) belgilarini to‘g‘ri aniqlashni, tuproq ona jinsi xususiyatini
o‘rganishni talab etadi.Tuproqning qaysi tipga mansubligini aniqlashda
qatlamlarining tashqi ko‘rinishini aniqlay olish muhim ahamiyatga ega.
Tuproqlarning tashqi morfologik belgilarini o‘rganishda tuproqdagi minerallar
ham aniqlanadi.
Shuning uchun ham tuproqning tashqi belgilarini o‘rganish uning paydo
bo‘lishidagi biologik, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biokimyoviy
jarayonlarni va unumdorlik darajasini aniqlashga yordam beradi.
Tuproqning tuzilishini, ya’ni morfologik belgilarini dalada, tabiiy
sharoitda o‘rganish zarurligini va bunga oid uslubni birinchi marta
V.V.Dokuchayev taklif etgan hamda ishlab chiqqan.
Tekshiriladigan hudud tuprog‘iga insonning ta’sir darajasi (ishlash,
sug‘orish, o‘g‘itlash, tekislash) ham to‘liq va puxta o‘rganilgan bo‘lishi lozim.
Bulardan tashqari, ayrim tip va boshqa xildagi tuproqlar tarqalgan xududlardagi
sug‘orish bilan bog‘liq xususiyatlari hamda eroziya jarayoniga doir
ma’lumotlar ham o‘rganilgan bo‘lishi kerak. Tuproqni dalada tekshirish vaqtida
to‘plangan ma’lumot qancha to‘liq bo‘lsa, tuziladigan tuproq xaritasi shuncha
aniq va yozilgan bayonnoma ta’rif ham ma’lumotlarga boy bo‘ladi.
Tuproqlarni dalada tekshirish va ularning morfologik belgilarini
o‘rganishda asosiy kesma (chuqur, razrez), yarim kesma va chuqurchalar
qaziladi. Qazilgan kesma tekshirlayotgan tuproqning va tuproq ona jinsining
morfologik xossalarini to‘liq o‘rganishga yordam beradi. Uning chuqurligini
tekshirilayotgan joy rel’efining xususiyatiga, sizot (grunt) suvining sathi va ona
jins joylashgan qatlamiga qarab 150-200 sm, bag‘zan 300 sm, kengligi 70-80
sm, uzunligi esa chuqurligiga mutanosib bo‘lishi kerak.
Kesma qazishda dalaning geomorfologik va boshqa xususiyati jihatidan
xarakterli joyini topish kerak. Bunda dalaning rel’efi tekis bo‘lsa kamroq,
rel’efi notekis, o‘simliklari turlicha, sho‘rlanish va grunt suvlari har xil bo‘lsa,
ko‘proq chuqur qaziladi.Qazilgan kesmalar xaritada belgilanib, tartib raqami
qo‘yiladi. Joining rel’efiga qarab, yarim kesma yoki kesmacha qazisb tuproq
xillari aniqlanadi.
Kesmaning quyoshga to‘g‘ri tomonidan tuproqning qatlamlarini ajratish
uchun silliqlanib, oftob tushmaydigan qarama-qarshi tomonidan zinapoya
qilinadi. Qazilgan tuproq kesmasi va ayrim qatlamlarining morfologik
115