Page 116 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 116

belgilarini  yozishdan  oldin  tekshirilayotgan  xududning  (respublika,  viloyat,
            tuman,  fermer  xo‘jaliklar)  nomi  kundalik  daftarga  yoziladi  (daftar  namunasi
            kitobning  oxirida  ko‘rsatilgan).  Joyning  relefi,  o‘simliklari,  sizot  suvlari

            (chuqurligi  va sho‘rlanganligi),  karbonatli, gipsli qatlami, tuproq ona jinsi  va
            boshqalar  ham  aniq  ko‘rsatiladi.  So‘ngra  kesmaning  quyoshga  qaragan
            tomoniga diqqat bilan qarab tuproqning genetik qatlamlari va ularning qalinligi
            (sm. hisobida), tuproqning rangi, namligi, aniqlanib daftarga yoziladi.
                    Kesmaning  tashqi ko‘rinishidagi belgilari bohqa  tuproq tiplarida turlicha
            bo‘lib,  tuproqlarning  bir  necha  qatlamdan  tuzilganligini  ko‘rsatadi.  Bu
            qatlamlar tuproqning genezisiga, ya’ni kelib chiqishiga bo‘liq.

                   Tuproqning  genetik  qatlamini  V.V.Dokuchayev  A-ustki,  B-o‘tuvchi,  C-
            tuproq osti-ona jinsi kabi uch xil genetik qatlamiga bo‘lanadi.
                  Gumusli ustki qatlam (A) da organik modda, chirindi va har xil elementlar
            birikmasidan iborat mineral moddalar to‘planadi. Uning tusi quyi qatlamlarga
            nisbatan to‘qroq bo‘lib, bu qatlam gumusli akkumulyativ (to‘planish) qatlami

            deyiladi.  O‘rmon  tuproqlari  yuzasidagi  «O‘rmon  qiyi»  va  ba’zi
            botqoqliklardagi  torf  to‘liq  chirib  o‘zgarmagan  organik  qoldiq  yig‘indisi
            bo‘lganligi  uchun  ular  tuproq  ustki  qatlamchasi  deyiladi  va  A  harfi  bilan
            yoziladi.O‘tuvchi  qatlam  (B)  elyuvial  (yuviluvchan)  qatlam  deb  ham  ataladi.
            Tuproqning  tusi,  strukturasi  va  qovushmasiga  ko‘ra  ustki  qatlamdan  ajralib
            turgan bu qatlamdagi ayrim birikmalar quyi qatlamga yuvilib tushib turadi. Bu
            jarayon,  ayniqsa,  podzolga  o‘xshagan  kislotali  va  sho‘rtob  singari  ishqorli
            tuproqda  ochiq  ko‘rinib  turadi.Tuproq  osti  qatlami  (C)  da  ustki  qatlamlardan

            yuvilib  tushadigan  ayrim  birikmalarning  to‘planishi  tufayli  u  allyuvial
            (yig‘uvchi va shimuvchi) qatlam ham deyiladi. Bu qatlamning tusi tuproq ona
            jinsi (ruxlyak) rangidan bir oz farq qiladi.
                  Tuproq  paydo  qiluvchi  faktorlar  ta’sirida  ona  jinsning  hali  o‘zgarmagan
            quyi qismini professor S.A.Zaxarov D harfi bilan ajratishni taklif etadi.

                   Ba’zi  tuproqlarning  ayrim  qatlamlari  sernam  bo‘lganligi  sababli
            botqoqlanish belgisiga, ya’ni ko‘kimtir tusga ega bo‘ladi. D-qatlami ko‘kimtir
            tusli  bu  qatlam  berch  bo‘ladi.  Masalan,  botqoqlanish  ona  jins  joylashgan
            qatlamda  bo‘lsa  -  B  harflari  bilan  ko‘rsatiladi,  illyuvial  qatlamda  bo‘lsa  C,
            elyuvial qatlamda bo‘lsa - B harflari bilan ko‘rsatiladi. Ko‘pchilik tuproqlarda,
            odatda har bir genetik qatlam bir necha qatlamchalarga ajratiladi. Bu holda ular
            A1,A2,B1,B2, C1, C2 harflari bilan belgilanib, morfologiyasi izohlanadi.

                    Tuproq genetik qatlamlari qalinligi. Tuproq qatlamining qalinligi turli
            tuproq  tiplarida  va  ularning  ayrim  A,B,C,  qatlamlarida  bir  xil  bo‘lmaydi.
            Tuproq deganda faqat ustki chirindili qatlam tushunilmaydi, balki tuproq paydo
            qiluvchi  jarayon  tag‘sirida  o‘zgargan  va  morfologik  belgilariga  ko‘ra  ona
            jinsdan farqlanadigan ma’lum qalinlikdagi qatlam tushuniladi. Shuning uchun
            tuproqning  qalinligi  uning  tipiga  ko‘ra,  o‘rta  hisobda  40-150  sm.atrofida

            bo‘ladi.  Ba’zan  250-300  sm  qalinlikdagi  tuproqlar  ham  uchrab,  u  yuqoridan
                                                           116
   111   112   113   114   115   116   117   118   119   120   121