Page 119 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 119
ixcham qilib qatlamlar uzunligi aniq yozilib, monolitlarning qatlamlariga
tuproq solinib tayyorlanadi.
Tuproq qatlamlaridan namunalar olish, paketlarga solish va yorliq yozish.
Tuproqning morfologik belgilarini aniqlab,har bir qatlam uchun izoh
yozib olingandan so‘ng,qatlamlardan kvadrat shaklida namuna olinadi. Namuna
har bir qatlamdan olinadi.Namuna to‘g‘ri olinsagina natijalar to‘g‘ri chiqadi.
Namuna olishdan oldin kesma(chuqur)ning morfologik belgilari yozib olingan
devori yaxshilab silliqlanansa qatlamlar aniq ajraladi. Agarda qatlamning
qalinligi 15 sm dan kam bo‘lsa,u holda namuna 2-3 sm.qalinlikdan
olinadi.Qatlamlardan olingan namunalar oldindan tayyorlanib qo‘yilgan
paketlarga solinadi.Har bir qatlamlardan 300-500g.dan 1-2 kg.atrofida tuproq
olingan bo‘lishi kerak.Tuproq namunalari tuproqning barcha xossalarini
tekshirish uchun yetarli darajada bo‘lishi kerak. Agarda tuproqning eng pastki
qatlami chuqur bo‘lsa yoki chuqur qazilgandan keyin chuqur ichiga suv to‘lgan
bo‘lsa,suvga to‘yingan botqoq tuproqlardan namuna maxsus asbob-parma bilan
tuproq namunasi olinadi.Sizot suvlari bo‘lsa 0,5 litr chamasida butilkalarga suv
namunasi ham olinadi.Kesmalardan olingan har bir tuproq namunasiga
qatlamdan namuna olib bo‘lgandan so‘ng, keyingi qatlamga o‘tmasdan
turib,tuproq namunalari solingan paketlarga yorliq yoziladi.
Yorliqqa kesma tartib raqami,kesma qatlamining qalinligi
santimetrda,tuproq namunasi olingan fermer xo‘jaligining
nomi,tumani,viloyati,kesma qazilgan kuni,oy va yili hamda kesmani
qazib,tuproqning morfologik belgilarini o‘rganib,tuproq namunalarini olgan
kishilarning ismi,sharifi yoziladi va imzo qo‘yiladi.Tuproq xaritasiga kesma
olingan joy qizil bo‘yoqda X belgisi qo‘yiladi. Namunalar soya joyda yoki
auditoriyada quritiladi.
Tuproqdan aralash namuna olish usuli.
Aralash namuna olish besh xil tuproq namunasidan iborat bo‘lib, 100-400
m 2 maydonning beshta nuqtasida konvert usulida kesmalar qazilib,
qatlamlardan namunalar olinadi. Birinchi namuna chuqurning devoridan
olinadi, qolgan namunalar esa asosiy chuqurlardan 10-20 m uzoqlikdagi
kesishib o‘tgan nuqtadan yiroqdan olinadi. Namuna haydalma qatlamning
hamma yuzasidan olinib, qog‘oz ustida yaxshilab aralashtirilib,o‘rtacha
namunadan 300-400 g olinadi.
Tuproqdagi tuzlarni aniqlashda sifat analizi.
Suvli so‘rim tayyorlash.
1.Dalada tuproq o‘lchami 0,25mm bo‘lgan elakdan o‘tkazilgan tuproqdan
tеxnik tarozida 50g tortib olinadi (yoki bir siqim). Olingan tuproq namunasi
500ml konussimon kolbada aniqlanadi. 2.Kolbadagi tuproq va suv 5 minut
davomida chayqatilib, loyqa buklangan burmali qalin (zich) filtr qog‘ozidan
o‘tkaziladi. Filtrdan o‘tgan tiniq, sarg‘ish suv so‘rim dеyiladi. Kolbadagi
tuproq filtr qog‘ozi ustida qoladi. Tiniq sarg‘ish suyuqlik (filtrat) so‘rim
119