Page 123 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 123

yopishmaydi,sababi tarkibida  qumoqlik va qum miqdori ko‘p. Qumli tuproqlar
            birikmaydi, ko‘z bilan ajratish mumkin.
                  2.  Quruq  usuli:  buning  uchun  ozgina  tuproq  olib  qo‘lning  kafti  ustida

            yaxshilab  eziladi,  so‘ngra  yеngil  puflab,kaftda  qolgan  chang  zarrachalari
            miqdori orqali tuproqning mеxanik tarkibi  aniqlanadi.Agarda tеkshirilayotgan
            yеrdagi tuproqning mеxanik tarkibi og‘ir qumoq bo‘lsa, kaftda qolgan tuproq
            zarrasi  ko‘p  bo‘ladi.  Kaftimizda    tuproq  zarrachasi  kam  qolsa  tuproq  o‘rta
            qumoq,tuproq  zarrachasi  puflaganda  kaftda  qolmasa,bu  tuproq  yеngil  qumoq
            tuproq  ekanligini  bildiradi.Bundan  tashqari  tuproqning  mеxanik  tarkibini
            aniqlashda oddiy usul-barmoqlar bilan tuproq zarralarini  ezib ko‘rib, zarralar

            dag‘al bo‘lsa, tuproq og‘ir qumoq,zarralar mayin bo‘lsa o‘rta qumoq,tuproq un
            kabi juda mayin bo‘lsa еngil qumoq ekanligini bildiradi.
                   3. Quruq elash usuli. Laboratoriyada eng oson va oddiy usul hisoblanadi.
            Tuproqning mexanik tarkibini aniqlashda tuproqning yirik (skeletli) qismi, ya'ni
            1mm  dan  katta  bo‘lgan  zarralarini  har  xil  guruhlarga  ajratishda  ishlatiladi.

            Buning  uchun  analizga  olingan  skeletli  tuproq  mahsus  metall    elakchalarda
            elanadi.  Elaklarning  teshiklarining  diametri  8  xil  -0,25;  0,5;  1;  2;3;  5;  7;  10
            mm.li.
                   Ishlash tartibi. Analiz uchun tayyorlangan strukturali tuproqdan 500 yoki
            1000gramm  olib,  strukturasi  yo‘qotilgan  skeletli  tuproqdan  200-400  g  olinib,
            teshiklari  har  xil  kattalikdagi  ustma-ust  qo‘yilgan  elakchalardan  o‘tkaziladi
            (elakchalar  tartib  bilan  yirik  ko‘zlisi  yuqoriga,  mayda  ko‘zlisi  pastga
            joylashtirilgan bo‘ladi) va har qaysi elakchada qolgan zarralarning sof og‘irligi

            texnik  tarozida  o‘lchanib,  har  qaysi  guruh  zarraning  foiz  miqdori  quyidagi
            formulada hisoblanadi.
                                                               a*100
                                                       X= --------
                                                              N
                       X-tuproq zarralarining (skeletli) miqdori-%; a-tuproq og‘irligi (har qaysi
            elakchadagi)-g; 100-% ga aylantirish koeffisienti;N- taxlilga olingan tuproqning
            og‘irligi, g; agarda, analiz qilinayotgan (N) 400 g tuproqda (100 %) kattaligi 1-

            3mm  li  zarralar  (a)  6,6g  bo‘lsa,  uning  foiz  miqdori  quyidagicha  hisoblanib,
            tuproq zarralarining umumiy foizi yig‘indisi aniqlanadi:
                                                             6,6*100
                                                      X= ----------
                                                              400
                   Elaklar to‘plamidan o‘tgan tuproq, ya’ni har bir elakdagi mexanik zarralar
            miqdori hisoblab chiqiladi va tuproqning umumiy miqdori chiqariladi.
                     Tuproqlar mexanik elementlarining yirikligiga ko‘ra tasnifi.  2.2-jadval

               Guruh           Mexanik elementlarning nomi                     O‘lchamlari, mm
                                          Tosh                                    3 dan katta
                                          Shag‘al                                     3-1

                                                           123
   118   119   120   121   122   123   124   125   126   127   128