Page 126 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 126
Turli yotqiziqlarda shakllangan lalmi tipik bo‘z tuproqlar lyoss
yotqiziqlarida shakllangan tuproqlar bilan bir qatorda neogen yotqiziqlarida
shakllangan tipik bo‘z tuproqlar ham keng tarqalgan.Lyoss va Neogen
yotqiziqlarda shakllangan lalmi tipik bo‘z tuproqlar morfogenetik
ko‘rsatgichlari bilan ham farqlanadi. Lyoss yotqiziqlarida shakllangan lalmi
tipik bo‘z tuproqlarning rangi-tusi sarg‘ish, malla-bo‘z rang, neogen
yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning rangi-tusi qizg‘ish, qizg‘ish-
qo‘ng‘ir tusli, karbonatlar miqdori va ishqoriyligi yuqori. Azot, fosfor miqdori
kam, kaliy bilan o‘rtacha taminlangan. Singdiruvchi kompleksda magniyning
miqdori ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
Neogen yotqiziqlarda shakllangan lalmi tipik bo‘z tuproqlarning
fizikaviy, agrokimyoviy xossalari va mexanik tarkibi lyoss yotqiziqlarida
shakllangan lalmi tipik bo‘z tuproqlardan farq qiladi. Neogen yotqiziqlarida
shakllangan lalmi tipik bo‘z tuproqlarning mexanik tarkibi og‘ir qumoq va engil
loydan iborat, zichlik yuqori. Neogen yotqiziqlarida shakllangan lalmi tipik
bo‘z tuproqlarning gumusli qatlamining qalinligi va gumus miqdori lyoss
yotqiziqlarida shakllangan lalmi tipik bo‘z tuproqlarga nisbatan ancha qisqa va
kam gumuslidir.
Turli yotqiziqlarda shakllangan lalmi tipik bo‘z tuproqlarning biologik
faolligi turlicha bo‘lib, yil fasllari bahor va kuz faslida turlicha bo‘lib, bahorda
ko‘proq, kuzda esa kamroq. Bu esa tuproqning gumus miqdoriga va biologik
faolligiga bog‘liq.Toshkent viloyatida tarqalgan turli yotqiziqlarda shakllangan
tuproqlar Chirchiq-Keles daryolari oralig‘ida tarqalgan bo‘lib, turli
yotqiziqlarda shakllangan tipik bo‘z tuproqlar bo‘z tuproqlar mintaqasida
tarqalgan, tipik bo‘z tuproqlar tog‘ oldi qiya tekisliklarining, qir-adirlarning,
past tog‘larning ancha baland qismini egallaydi.Tipik bo‘z tuproqlar turli
darajada eroziyaga uchragan.
Chirchiq-Keles daryolari oralig‘ida tarqalgan tipik bo‘z tuproqlar lyoss
yotqiziqlarida shakllangan tuproqlar bilan bir qatorda Neogen yotqiziqlarida
shakllangan tipik bo‘z tuproqlar ham keng tarqalgan.Chirchiq-Keles
daryoslarining oralig‘ida tarqalgan, lyoss va Neogen yotqiziqlarida shakllangan
tipik bo‘z tuproqlar bo‘lib,g‘arbiy Tyan-Shan tog‘ oldi tekisliklarida
joylashgan.Bu xududlarda qizg‘ish tusli Neogen davri va bo‘z sarg‘ish-malla
rangli lyoss yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan bo‘lib,ular
tog‘ oldi xududlarida asosan daryo paleogen yotqiziqlar qatlamlari mavjud
bo‘lgan qizg‘ish tusli cho‘kmalardan iborat. Neogen yotqiziqlarida shakllangan
tuproqlar to‘rtlamchi davr lyoss yotqiziqlarining ostida joylashgan bo‘lib, juda
ko‘p maydonlarda tarqalgan va eroziyaga uchragan joylarda yuza qatlamlarda
ochiq holatda uchraydi. Chirchiq-Keles daryolari oralig‘ida tarqalgan lyoss va
Neogen yotqiziqlarda shakllangan tipik bo‘z tuproqlar morfogenetik
ko‘rsatgichlari bilan ham farqlanadi. Lyoss yotqiziqlarida shakllangan tipik
bo‘z tuproqlarning rangi- tusi sarg‘ish,malla-bo‘z rang, Neogen yotqiziqlarida
126