Page 127 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 127

shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning rangi-tusi qizg‘ish, qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusli,
            karbonatlar  miqdori  va  ishqoriyligi  yuqori.  Azot,  fosfor  miqdori  kam,  kaliy
            bilan  o‘rtacha  taminlangan.  Singdiruvchi  kompleksda  magniyning  miqdori

            ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
                     Chirchiq-Keles  daryolari  oralig‘ida  tarqalgan  neogen  yotqiziqlarda
            shakllangan  tipik  bo‘z  tuproqlarning  fizikaviy,agrokimyoviy  xossalari  va
            mexanik tarkibi  lyoss yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlardan farq
            qiladi.  Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  tipik  bo‘z  tuproqlarning  mexanik
            tarkibi  og‘ir  qumoq  va  engil  loydan  iborat,  zichlik  yuqori.  Chirchiq-Keles
            daryolari  oralig‘ida  tarqalgan  Neogen  yotqiziqlarida  shakllangan  tipik  bo‘z

            tuproqlarning  gumusli  qatlamining  qalinligi  va  gumus  miqdori  lyoss
            yotqiziqlarida shakllangan tipik bo‘z tuproqlarga nisbatan ancha qisqa va kam
            gumuslidir.Chirchiq-Keles  daryolari  oralig‘ida  tarqalgan  turli  yotqiziqlarda
            shakllangan tipik bo‘z tuproqlarning biologik faolligi  turlicha bo‘lib, yil fasllari
            bahor va kuz  faslida turlicha bo‘lib, bahorda ko‘proq, kuzda esa kamroq. Bu

            esa tuproqning gumus miqdoriga va biologik faolligiga bog‘liq.




















                        Toshkent viloyati tuproq qoplami xaritasi (masshtabi 1:800000).



                                SIRDARYO VILOYATI TUPROQLARINING TAVSIFI.
                    Sirdaryo viloyati Turon tuproq-iqlim provinsiyasining bo‘z tuproqlarning-

            och  tusli  bo‘z  tuproqlari  tarqalgan  xududda  joylashgan.  Bu  yerdagi  lyossli
            tekisliklarda azaldan och tusli bo‘z tuproqlar shakllangan. Hozirgi vaqtda och
            tusli  bo‘z  tuproqlar  juda  kam  qolgan.  Viloyatning  sug‘oriladigan  asosiy  yer
            fondi bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi va kichik maydonlardagi o‘tloqi-botqoq tuproqlarga
            to‘g‘ri  keladi.  Bu  tuproqlarning  ma’lum  maydonlarini  gipslashgan  tuproqlar
            tashkil etadi.
                    Och  tusli  bo‘z  tuproqlarning  sug‘oriladigan  tuproqlarining  tarkibidagi

            chirindi  va  oziqa  moddalari  bilan  kam  ta’minlangan.  Haydalma  qatlamdagi
            gumus  miqdori  0,6-0,8%,  ayrim  joylarda  1,0%  ni  tashkil  etadi.  Quyi
            qatlamlarda esa 0,2-0,4% gacha kamayadi. Gumus miqdoriga bog‘liq ravishda
            umumiy  azot  ham  juda  kam.  Mexanik  tarkibiga  ko‘ra  bu  tuproqlar  o‘rta  va

                                                           127
   122   123   124   125   126   127   128   129   130   131   132