Page 129 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 129
3,0%, umumiy azot 0,10-0,20%. Yuvilgan tuproqlarda esa gumus 1,2-1,6% ni,
umumiy fosfor 0,08-0,10%, kaliy 1,6-2,7%.
Lalmi to‘q tusli bo‘z tuproqlar tog‘ oldi va past tog‘larning: Turkiston va
Molguzor tizmalarining baland-past-to‘lqinsimon xududlarida uchraydi.
Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va engil qumoqlidir. Gumus miqdori 0,8-2,2%,
umumiy azot 0,07-0,11% ni tashkil etadi. Tuproqlar sho‘rlanish darajasi
bo‘yicha -o‘rtacha va kuchli.
Jizzax viloyatining tog‘ oldidagi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari:
tog‘osti qiyalik yuza tekisliklarida, tog‘oldi, Zarafshonning uchinchi terrasasida
joylashgan. Mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir, o‘rta va engil qumoqli, ayrim
joylarda 0,5-1 metrdan toshlar bilan to‘shalgan. Haydalma qatlamlarda gumus
miqdori 1,-1,5% ni, azot 0,08-0,10%, umumiy fosfor 0,1-0,2% ni tashkil etadi.
Lalmi tipik bo‘z tuproqlar: Turkiston va Molguzor tizmalarining shimoliy
yon bag‘irlarida tog‘ oldi va past tog‘larda uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra
og‘ir, o‘rta va engil qumoqlidir. Gumus miqdori 0,5-0,7%, umumiy azot 0,03-
0,07% ni tashkil etadi.
Jizzax viloyatining och tusli bo‘z tuproqlarning sug‘oriladigan tuproqlari:
yassi tog‘osti tekisliklarda joylashgan mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoqli,
ayrim joylarda gipsli qumoqlar yoki shag‘allar bilan to‘shalgan. Haydalma
qatlamlarda gumus miqdori 1,0-1,2%, azot 0,07-0,10%, umumiy fosfor 0,10-
0,14% va umumiy kaliy 1,30-1,45% ni tashkil etadi. Tuproqlar irrigatsiya
eroziyasiga uchramagan, lekin kuchsiz va o‘rtacha darajada sho‘rlangan.
Jizzax viloyatining Zomin tog‘ oldidagi lalmi och tusli bo‘z tuproqlar:
tog‘ osti tekisliklarning chekka qismlarida tarqalgan. Mexanik tarkibiga ko‘ra
o‘rta va engil qumoqli. Gumus miqdori 0,5-1%, umumiy azot 0,01-0,06% ni
tashkil etadi.
Sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlar: Qilisoy va Taqirsoyning ikkinchi
terrasasida rivojlangan, gumus miqdori haydalma qatlamda 1,2-2,1% ni quyi
qatlamlarga borib esa 0,8-1,0%. Mexanik tarkibiga ko‘ra engil. Tuproqlar
kuchsiz sho‘rlangan, ayrim joylarda gipslashgan.
Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar: Jizzax viloyatida, markaziy
Mirzacho‘l tekisliklarida uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir, o‘rta va engil
qumoqli, ba’zi joylarda qumoqlidir. Gumus miqdori 0,7-1,0%, umumiy azot
0,06-0,08%, yalpi fosfor 0,11-0,18%, kaliy 1,30-1,76% ni tashkil etadi. Bu
tuproqlar kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan.
Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar: tog‘oldi tekislik va konus yoyilmalarida,
Markaziy Mirzacho‘l tekisliklarida uchraydi. Tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra
o‘rta va og‘ir qumoqli, gumus miqdori 1,1,5%, umumiy azot 0,09-0,11%,
umumiy fosfor 0,10-0,25%, umumiy kaliy 1,2-1,7% ni tashkil etadi. Sizot
suvlarining yaqin joylashuvi tuproq sho‘rlanishiga sharoit yaratadi. Shuning
uchun bu tuproqlar kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan.
129