Page 134 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 134
sm. li qatlamda esa, gumus 138,31 t/ga, azot 14,87 t/ga, fosfor zahirasi 20,76
t/ga, kaliy zahirasi 181,45 t/ga tashkil etgani holda, sug‘oriladigan o‘tloqi saz
tuproqlarning ustki 0-30 sm. li qatlamidagi gumus zahirasi o‘rtacha 63,16 t/ga,
azot zahirasi 6,02 t/ga, fosfor zahirasi 6,36 t/ga, kaliy zahirasi 58,65 t/ga, 0-100
sm. li qatlamda esa, gumus 135,21 t/ga, azot 15,05 t/ga, fosfor zahirasi 18,91
t/ga, kaliy zahirasi 174,95 t/ga va sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlarning
ustki 0-30 sm. li qatlamidagi gumus zahirasi o‘rtacha 40,76 t/ga, azot zahirasi
1,31 t/ga, fosfor zahirasi 9,3 t/ga, kaliy zahirasi 93,42 t/ga, 0-100 sm li qatlamda
esa, gumus 113,15 t/ga, azot 3,86 t/ga, fosfor zahirasi 24,80 t/ga, kaliy zahirasi
243,45 t/ga. Yer osti suvlari sathi va minerallashuvining o‘zgarishi,
ma’lumotlariga ko‘ra, Mingbuloq tumanida oldingi yillarda 1,0-1,5 m gacha yer
osti suvlari joylashgan yerlar maydoni 15,7 % ni, 1,6-2,0 metrgacha 71,8 % ni,
2,0-3,0 m gacha 12,2 % va 3,0-5,0 m gacha chuqurda joylashgan sizot suvlari
0,3 % ni tashkil etgan. Keying yillarda 1,0-1,5 metrgacha yer osti suvlari
joylashgan erlar maydoni 13,8 % ni, 1,6-2,0 metrgacha 65,7 % ni, 2,0-3,0
metrgacha 20,4 % ni va 3,0-5,0 m chuqurda joylashgan sizot suvlari 0,1% ni va
2017 yilga kelib 1,0-1,5 m yer osti suvlari joylashgan yerlar maydoni 34,6 % ni,
1,6-2,0 metrgacha 54,6 % ni, 2,0-3,0 m 10,6 % ni va 3,0-5,0 metrgacha
chuqurda joylashgan sizot suvlari 0,2 % ni tashkil etgan. Yer osti suvlari sathida
yuzaga yaqinlashgan maydonlar hajmini 18,9 % ga ortganligi
kuzatilgan.Tumanning sug‘oriladigan tuproqlardagi kesmalarning sizot suvlari
turli darajada minerallashgan bo‘lib, ular asosan kuchsiz va o‘rtacha darajada
sho‘rlangan, tuzlarning umumiy miqdori quruq qoldiq bo‘yicha 1,52 g/l dan
4,80 g/l gachani, shundan xlor-ioni 0,042-0,112 g/l; sulfatlar 0,827-2,715 g/l
tashkil etadi. Sho‘rlanish ximizmiga ko‘ra, o‘rganilgan suvlar barcha holatlarda
sulfatli sho‘rlanish tiplaridan iborat bo‘lib, sug‘orish suvlari minerallashganlik
darajasiga ko‘ra chuchuk, quruq qoldiq miqdori 0,550-0,600 g/l ni, zovur
suvlarida 0,740-1,410 g/l ni, yer osti sizot suvlarida 1,520-4,800 tashkil etadi.
Antropogen omillarining sug‘oriladigan tuproqlar shakillanishidagi roli.
Tuproqlarga antropogen omil ta’sir etishi bilan tuproq paydo bo‘lishining tabiiy
kechishi jarayoni buziladi. Antropogen omillar natijasida yerga ishlov berish,
shudgor qilish, sug‘orish, o‘simliklar ekish, parvarishlash, ariq va zovur,
drenajlar qazish ishlari hamda shunga o‘xshash ko‘plab irrigatsiya-melioratsiya
ishlari tuproq tuzilishi uning xossalariga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Buning
natijasida, tuproq paydo bo‘lishi jarayoni tabiiy shakllanishi tubdan o‘zgaradi.
Tuproqlarda antropogen omillar ta’sirida sug‘orish va ishlov berish davrining
ortishi bilan tuproqlar qalinligi asta-sekin ortib boradi. Almashlab ekish,
mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llash hisobiga gumus zahirasi ortib boradi,
shamol eroziyasiga uchragan va har xil nishablikdagi tuproqlarda yuvilish
hisobiga uning zahirasi aksincha kamayib boradi. Sug‘orishlar natijasida suvda
erigan keltirilmalar, sug‘oriladigan tuproqlarni kimyoviy tarkibini qisman
o‘zgartiradi. Inson extiyojlarini qondirish uchun yerlarga ishlov berib, ekinlarni
134