Page 136 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 136
yangidan sug‘oriladigan tuproqlar gumus miqdori 0,3-0,5%, azot 0,03% ni
tashkil qiladi. Tuproqlar kam sho‘rlangan.
Namangan viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar: tog‘
etagidagi qiyali tekisliklarning chekkalarida hamda adirlarda uchraydi. Mexanik
tarkibiga ko‘ra o‘rta va og‘ir qumoqli, engil qumoqlar kam uchraydi. 50-100
sm. chuqurlikda shag‘al-qirrali chag‘ir toshlar uchraydi.Haydalma qatlamlarda
gumus miqdori 0,6-1,3% bo‘lib, quyi qatlamlarda 0,5-0,7% gacha kamaygan.
Yalpi azot miqdori 0,05-0,12%, fosfor 0,22-0,35% ga teng. Tuproqlar
sho‘rlanmagan, ba’zi joylarda kuchiz, ba’zan o‘rtacha sho‘rlanishga ega.
Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar: sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi
tuproqlar qadimdan o‘zlashtirilgan. Ular tog‘ etagi qiyali tekisliklari va daryo
konus yoyilmalarida uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va og‘ir qumoqli,
50-100-200 sm chuqurlikda qirrali chag‘ir tosh va shag‘al uchraydi.Gumus
miqdori 0,7-1,9%, konus yoyilmalarida 0,7-1,2% gacha, yalpi azot 0,05-0,11%,
fosfor 0,12-0,15% ni tashkil etadi. Namangan viloyatining sug‘oriladigan sur
tusli qo‘ng‘ir tuproqlar: Namangan viloyatining g‘arbida qadimgi tog‘ etagi
qiya tekisliklarda uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra engil va o‘rta qumoqdir.
30-50 sm chuqurlikda shag‘al va gipsli yotqiziqlar uchraydi. Sho‘rlanish
darajasi kuchsiz. Gumus miqdori 0,4-0,7%, yalpi azot 0,03-0,05%, fosfor 0,08-
0,12%, kaliy 1,2-1,4% ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar: tog‘
etagidagi tekisliklarda va konus yoyilmalarida uchraydi. Mexanik tarkibiga
ko‘ra qumoqli. 100-200 sm qatlam chuqurligida shag‘al va qirrali chag‘ir
toshlar uchraydi. Gumus miqdori 1,2-2,4%, konus yoyilmalarida 0,8-1,7%, azot
0,03-0,11% ni tashkil etadi. Tuproqlar asosan, sho‘rlanmagan, biroq ayrim
hollarda kuchsiz sho‘rlangan.Qadimdan sug‘oriladigan allyuvial tuproqlar:
Sirdaryo, Norin va Qoradaryolar o‘ng va chap qirg‘oqlarining birinchi va
ikkinchi qayir usti terrasalarida uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir va o‘rta
qumoq, 100-200 sm qatlam chuqurligida shag‘al uchraydi. Gumus miqdori 0,7-
1,5%, azot 0,05-0,13% ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlar:
So‘x konus yoyilmasining chekkalari va daryolar quyi qayir va qayir usti
erlarida uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir va engil qumoqdir. 50-100 sm
qatlam chuqurligida shag‘al uchraydi. Gumus miqdori 0,7-1,8% atrofida. Bu
tuproqlar sho‘rlangan, cho‘l mintaqasida sho‘rlanish birmuncha kuchliroq.
Namangan viloyati tuproq qoplami xaritasi (masshtabi 1:400000).
136