Page 141 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 141

Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlar:  sizot suvlari tuproq qatlamining
            50-100  sm  chuqurligida  joylashgan.  Mexanik  tarkibiga  ko‘ra  og‘ir  va  o‘rta
            qumoqli, 50-100 qatlam chuqurligida shag‘allar uchraydi. Gumus miqdori 1,5-

            3%, ular azot va kaliyga boy. Bu tuproqlarda, asosan, loyli qatlamlar uchraydi.



















                            Samarqand viloyati tuproq xaritasi (masshtabi 1:750000).

                                NAVOIY VILOYATI TUPROQLARINING TAVSIFI.
                     Lalmi  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlar:  egri-bugri  tog‘  oldi  hududlarining
            tekisliklarida uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoqli. Gumus miqdori
            0,7-1,5%,  azot  miqdori  0,02-0,08%  ni  tashkil  etadi.  Bu  tuproqlar  o‘rtacha
            darajada suv eroziyasiga uchragan.

                    Navoiy viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar: egri-bugri tog‘oldi
            xududlarining tekisliklarida tarqalgan. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoqli,
            gumus miqdori 0,9-1,5%, azot 0,04-0,12%, yalpi fosfor 0,12-0,18%, kaliy esa
            1,5-2,0% ni tashkil etadi. Bu tuproqlar sho‘rlanmagan.
                    Lalmi  tipik  bo‘z  tuproqlar:  tog‘oldi  hududlarida  uchraydi.  Mexanik
            tarkibiga  ko‘ra  og‘ir  qumoqli.  Tuproqlar  suv  eroziyasiga  o‘rtacha  darajada

            chalinganligi  sababli,  gumus  miqdori  0,7-1,0%,  azot  0,03-0,06%  ni  tashkil
            etadi.  Navoiy  viloyatining  sug‘oriladigan  och  tusli  bo‘z  tuproqlar:  mayda
            soylarning  konus  yoyilmalari  bilan  tutashgan  tog‘osti  qiyali  tekisliklarida
            joylashgan.  Haydalma  qatlamda  gumus  miqdori  0,7-1%,  azot  0,04-0,06%,
            umumiy fosfor 0,18-0,20% va kaliy 1,7-2,2% ni tashkil etadi. Tuproqlar kam
            darajada sho‘rlangan.
                    Navoiy viloyatining lalmi och tusli bo‘z tuproqlar:  Nurota va Oqtog‘ning

            shimoliy qismi tog‘ etagi qiya tekisliklarida tarqalgan. Mexanik tarkibiga ko‘ra
            o‘rta qumoqlidir. Gumus miqdori 0,5-1,0% atrofida tebranib turadi. Haydalma
            qatlamdagi azotning miqdori 0,02-0,07% ni, yalpi fosfor 0,09-0,14% ni, kaliy
            esa 1,3-1,8% ni tashkil etadi. Bu tuproqlar sho‘rxoksimon tuproqlar guruhiga
            kiritish mumkin. Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar: Zarafshon daryosining

            uchinchi terrasasida uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra, og‘ir va o‘rta qumoqli.
            Tuproqlarda gumus miqdori 0,8-1,7%, azot 0,05-0,12% ga teng. Tuproqlar kam
            sho‘rlangan, ayrim joylarda kam va o‘rtacha gipslashgan.


                                                           141
   136   137   138   139   140   141   142   143   144   145   146