Page 146 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 146

Qashqadaryo  viloyatining  sug‘oriladigan  sur  qo‘ng‘ir  tusli  o‘tloqi
            tuproqlar  boshqa  o‘tuvchi  tuproqlar  singari avtomorf aynan  sur  qo‘ng‘ir  tusli
            tuproqlarni  sug‘orish  natijasida  paydo  bo‘lgan  bo‘lib,  bu  tuproqlar  gumusga

            kambag‘al  (0,4-0,8%)  hisoblanadi,  sho‘rtoblashgan,  ba’zi  joylarda  kuchsiz
            darajada  sho‘rlanishga  chalingan.  Mexanik  tarkibi  bo‘yicha  viloyatning
            sug‘oriladigan  sur-qo‘ng‘ir-o‘tloqi  tuproqlar  engil  qumoqli,  ba’zan  qumloqli
            turlari uchraydi.
                    Sug‘oriladigan taqirli-o‘tloqi tuproqlar Qashqadaryo viloyatining qadimgi
            allyuvial deltali tekisliklarida taqirli tuproqlarni keng o‘zlashtirish va sug‘orish
            ta’sirida paydo bo‘lgan. Bu tuproqlarning haydalma qatlamida gumus 0,5-1,1%,

            umumiy azot 0,04-0,10%, umumiy fosfor 0,11-0,14% oraliqda tebranib turadi.
            Mexanik  tarkibiga  ko‘ra  tuproqlar  engil  va  o‘rta  qumoqli  hisoblanadi.  Bu
            tuproqlar kam va o‘rtacha darajada sho‘rlangan tuproqlar qatoriga kiradi.





















                           Qashqadaryo viloyati tuproq xaritasi ( masshtabi 1:750000).


                            SURXONDARYO VILOYATI TUPROQLARINING TAVSIFI.
                     Surxondaryo  viloyatining  sug‘oriladigan  hududlarining  tuproq  qoplami
            turli xilda bo‘lib, ularning shakllanish sharoiti va xossa-xususiyatlari bo‘yicha

            bir-biridan  farq  qiladi.  Surxon-Sherobod  vodiysining  yuqori  qismi,  ya’ni
            Surxondaryo  va  uning  irmoqlari  qo‘shilgan  bo‘z  tuproqlar  mintaqasida  faqat
            avtomorf  tuproqlar  emas,  balki  yarim  gidromorf  va  gidromorf  tuproqlar  ham
            shakllangan.
                    Bu  mintaqada  sug‘oriladigan  tipik,  och  tusli  bo‘z  va  ular  ichida
            shakllangan  o‘tuvchi    bo‘z-o‘tloqi,  botqoq-o‘tloqi,  o‘tloqi  tuproqlar  keng

            tarqalgan.
                     Surxondaryo      viloyatining       sug‘oriladigan       tipik     bo‘z     tuproqlari
            Surxondaryo  vohasining  yuqori  qismi  tog‘  oldi  va  daryo  yoyilmalari
            hududlarida  tarqalgan.  Viloyatning  sug‘oriladigan  tipik  bo‘z  tuproqlarining
            mexanik  tarkibi  o‘rtacha  va  og‘ir  qumoq  tuproqlardan  iborat  bo‘lib,  ba’zan
            engil  qumoq  tuproqlardan  iborat.                     Bu  tuproqlar  gipslashmagan  va
            sho‘rlanmagan,  lekin  ayrim  relefning  pastqam  joylarida  kuchsiz  sho‘rlangan.


                                                           146
   141   142   143   144   145   146   147   148   149   150   151