Page 151 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 151

bir xil ekin turini joylashtirish qo‘llaniladigan agrotexnik va boshqa tadbirlarni
            o‘tkazishda  qulayliklarga  ega.  Bunda  har  bir  kontur  bo‘yicha  bajariladigan
            tadbirlar bir vaqtda, bir xil usulda va texnika vositasida bajarilishi ta’minlanadi.

            Bir  konturga  bir  turdagi  ekin  ekilganda  sug‘orish  suvi  iqtisod  qilinishi
            ta’minlanadi.
                     Qishloq  xo‘jaligi  ekinlarini  joylashtirishda  sug‘oriladigan  o‘rtacha  va
            yuqori  unumdorlikka  ega-40 balldan yuqori  yerlarga navbatlab  ekish tizimini
            joriy etishda paxta va boshoqli don-bug‘doy  ekinlarini joylashtirish va bunda
            o‘tmishdosh  ekin  turini  ham  hisobga  olinishi  kerak.  Unumdorligi  40  balldan
            past  bo‘lgan  yerlarga  sabzavot,  poliz,  moyli,  dukkakli,  em-xashak  va  boshqa

            ekinlarni  hamda  bog‘  va  tokzorlarni  joylashtirish  zarur.  Suv  bilan  yetarli
            ta’minlangan hududlarda, asosan, paxta va g‘alla ekinlarini joylashtirish hamda
            takroriy  va  oraliq  ekinlarni  etishtirishni  rejalashtirish,  ortiqcha  namlanish
            sharoitida tarqalgan turli darajada sho‘rlangan yerlarda namsevar ekinlarnidan
            sholi, tariq, oq jo‘xori, mosh, no‘xatni  joylashtirish. Unumdorligi past, og‘ir

            melioratsiyalanadigan  yerlarda  meliorant  va  dukkakli  ekinlarni  ekish
            tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilashga yordam beradi. Qishloq xo‘jalik
            ekinlarini  yaxlit  konturlarda  joylashtirilishi  oraliq  va  takroriy  parvarishlashda
            va navbatlab ekishda qulay sharoitlar yaratadi. Intensiv pakana va yarim pakana
            bog‘larning  barpo  etilishi,  serdaromad  ekinlarni  ekish,  yangi  yerlarda
            ekiladigan ko‘chatzorlarni yaratish va ular orasiga sabzavot ekinlarini etishtirish
            mumkin.


              10.TUPROQLARNING GUMUS ZAXIRASI VA KARTOGRAMMASI
                                          Tuproqdagi gumus zaxirasini hisoblash.
                    Tuproqlarning  gumusi  va  oziqa  elementlarining  miqdori  tuproqlarning
            unumdorligining asosiy ko‘rsatkichlaridir. Gumusning miqdoriga qarab tuproq

            unumdorligini  oshirish  uchun  agrotexnik  va  meliorativ      tadbirlarni  belgilash
            me’yori va muddati belgilanadi.
                 Tuproq  tarkibidagi    gumus  yoki  boshqa  moddalar  miqdori  quyidagicha
            hisoblanadi: Z = h x w x d1 x100.
             bunda: Z-gumus zaxirasi, t/ga;  h-tuproqning genetik qatlamining qalinligi, sm;
            w-tuproqdagi  gumusning  foiz  hisobidagi  miqdori  %  da;  d1-tuproqning  hajm
                             3
            og‘irligi, g/sm ; 100-belgilangan koeffitsent.
                    Masalan, 0-20 sm tuproq qatlami (tuproq kesmasi K1) da gumus zaxirasi
            tonnada: Z = 0,20 x 2,0 x 1,14 x 100= 45,60 t/ga.
            1). 0-20 sm.da 2,0% =45,60 t/ga;
            2).  20-35smda  1,00%  gumus  bo‘lsa,  (20-35  oraliq  15sm,  hajm  og‘irlik
                       3
            1,25g/sm  bo‘lsa) Z=0,15 x 1,00 x 1,25 x100 =18,75 t/ga;
            3).35-50  sm.da  0,50%    gumus  bo‘lsa  (35-50  sm,  orliq15  sm,hajm  og‘irlik

                       3
            1,40g/sm ), Z=0,15x 0,50 x 1,40 x100=10,50 t/ga;

                                                           151
   146   147   148   149   150   151   152   153   154   155   156