Page 152 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 152

Gumus  zaxirasi    tuproq  qatlamining  0-50  sm.  gacha  o‘rtacha  miqdori
            qancha  ekanligi    ham  hisoblanadi.    Har  bir  qatlamdagi  gumus  miqdori
            hisoblanib,ortacha        miqdori      aniqlanadi.      45,60      t/ga+18,75       t/ga+10,50

            t/ga=74,85t/ga,  tuproqning  0  sm.  dan  50  sm.gacha  bo‘lgan  qatlamida  jami
            gumus miqdori 74,85 t/ga.
            Tuproq  qatlamlari  bo‘yicha    hisoblangan  gumus  zaxirasining  grafik  yoki
            diagramma  shaklidagi  chizmasini  chizish,  tuproqning  gumusga  oid
            kartagrammasinini ham tuzish mumkin.


             Tuproq kesmasining     Tuproqlarning genetik    Tuproqlarning hajm      Gumus miqdori, (w),
                  raqami,sm          qatlamining qalinligi,   og‘irligi, (d1), g/sm 3         %
                                            (h), sm
                       1                       2                      3                       4
                                             0-20                    1,14                    2,00
                      K1                    20-35                    1,25                    1,00
                                            35-50                    1,40                    0,50


                      Xududiy  kartagrammalar  tuproqlarning  eroziyalanganlik  darajasi,
            sho‘rlanishga, gumusga, NPK ga va boshqa ko‘rsatkichlar uchun tuziladi.
                     Tuproqni  dalada  tekshirish  ishi,asosan,  tekshirilmoqchi  bo‘lgan  joyning

            tabiiy  sharoiti  va  tuprog‘i  haqidagi    ma’lumotlarni  to‘la  o‘rganib  chiqishdan
            iborat.  Shu  joyning  topografik  asosi,  rejasi,  tuproqlarning  tarqalishi  va
            joylashishini  o‘rganib  chiqiladi.  Fermer  xo‘jaliklar  uchun  tuproq  kartasi  va
            bonitirovka kartasi tuzilgan. Bonitirovka kartasida tuproqlarning sifati bo‘yicha
            nomi va bonitet ballari keltirilgan bo‘ladi.

                              Tuproq xaritasi va agrokimyoviy kartagrammalar.
                    Tuproq kartasi va agrokimyoviy kartagrammalar ham mavjuddir.
                   Tuproq  kartasi  va  agrokimyoviy  kartagrammalar  umumiy  va  regional
            xillarga ajratiladi. Umumiy kartagrammalar barcha zona va regionlarda tuzilishi
            shart.  Regional  kartagrammalar  tabiiy  sharoitning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga,
            tuproq qoplamiga, xo‘jalikning ixtisosiga qarab bir yoki bir necha tabiiy zonalar
            uchun alohida xo‘jaliklarda tuziladi.
                   Tuproq kartalari, bonitirovkalash ishlari va kartagrammalar yerga ishlov,
            o‘g‘itlashni,  tuproqlarning  meliorativ  holatini,sho‘rlanish  turlarini  aniqlashda

            foydalaniladi.Fermer xo‘jalik tuproqlarida agrokimyoviy tekshirish o‘tkazish va
            agrokimyoviy  xaritanoma  tuzish  uchun  ekin  maydonlarining  chegarasi
            tushirilgan fermer xo‘jalikning yerdan foydalanish plani bo‘lishi kerak. Bunda
            sug‘oriladigan  maydonlar  uchun  1:10000,  lalmikor  yerlar  uchun  1:25000,
            pichanzor  hamda  yaylovlar  uchun  1:50000  masshtabdagi  xo‘jalikning  yerdan

            foydalanish  kartagrammalaridan  foydalaniladi.  Agrokimyoviy  kartagrammalar
            o‘g‘itlardan doimiy ravishda foydalanib,  fermer xo‘jaliklar uchun 4-5 yilda 1




                                                           152
   147   148   149   150   151   152   153   154   155   156   157