Page 155 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 155
toshli yoki chog‘ir toshli bo‘ladi. Tog‘ tuproqlarining ona jinslari mineralogik
va kimyoviy tarkibi hamda fizikaviy xossalariga ko‘ra xilma-xil. Tuproq paydo
qiluvchi ona jins bo‘r, uchlamchi davr cho‘kindisi, oqindi tog‘ jinslarning
nurash mahsulotlaridan iborat. Tog‘ oralig‘idagi vodiy va pastliklarda har xil
qalinlikda turli mexanik tarkibli to‘rtlamchi davr lyoss, lyossimon
yotqiziqlardan iborat. Shunday qilib, tog‘ tuproqlarini tabiiy sharoiti har xil
balandlikda joylashgan bo‘lib dengiz sathidan 900 (1000-4000) 4100 metrgacha
joylashgan bo‘lib, yuqoriga ko‘tarilgan sari iqlimi, o‘simlik dunyosi va
tuproqlari bilan bir-biridan keskin farq qiluvchi bir necha mintaqaga ajratish
mumkin. Ushbu keltiriladigan ma’lumotlar asosan O‘zbekistonning tog‘
mintaqasidagi tuproqlarni tabiiy sharoiti va xossa xususiyatlari to‘g‘risida.
1.1-3 rasmlar. Tog‘ lalmi tuproqlari.
Past tog‘lar mintaqasining quruq dasht va yirik o‘tli yarim
savannalarning jigarrang tuproqlari. Bu mintaqa dengiz sathidan 900 (1000-
1200) 1200 metrgacha balandlikda joylashgan. Yillik o‘rtacha havo harorati
0
+3+10 C, yog‘in-sochinlar miqdori 400-600 mm.Yog‘in-sochinlar, asosan kuz
va bahor fasllariga to‘g‘ri keladi. Bu yerlarning tuproqlarida qalin o‘sgan
baland bo‘yli o‘tlar-bug‘doyiq, yovvoyi arpa hamda butalardan do‘lana,
na’matak, yovvoyi bodom va tog‘olchalari o‘sadi. Bu yerlarda jigarrang
tuproqlar paydo bo‘lib, A-B gumusli qatlami 80-100 sm. qalinlikda bo‘lib,
chirindi miqdori 4-5%, morfologik tuzilishi jigarrang chirindili A-qatlam ostida
B- qatlam karbonatlar bir muncha pastga yuvilgan, yong‘oqsimon kesakdor
strukturaga ega, bu qatlam pastida serkarbonatli B2- BK qatlamlar mavjud, C-
gorizo‘nti sarg‘ish rangli lyossimon ona jinsdan iborat. Suv eroziyasi keng
tarqalgan, oldini olish uchun asosan tabiiy o‘t o‘simliklarini saqlash, butazorlar
va mevali daraxtzorlar barpo qilish kerak.
Jigarrang tuproqlar ko‘pincha eroziyaga uchraganligi sababli karbonatlar
yuqori-yer yuzasiga yaqin qatlamda uchraydi, kuchli eroziyaga uchragan
jigarrang - karbonatli tuproqlar deb aytiladi.
155