Page 157 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 157

sm (10sm. bu qatlam osti A2 10-31 sm. Qo‘ng‘ir bo‘z rangli donador- mayda
            kesakli strukturali. B1 qatlam  31-64 sm. Jigarrang-qo‘ng‘ir rangli, yirik kesakli
            struktura,  zich,  B2  qatlam  64-109  sm.  Qo‘ng‘ir-jigarrangli,  yirik  kesakli

            strukturali, zich, keyingi qatlam B3 109-180 sm. Och qo‘ng‘ir-sarg‘ish rangli,
            karbonatlardan oqish dog‘lar pastki  qatlamda mayda karbonat tugunchaklari,
            uncha  zichlanmagan,  keyingi  qatlam-C  180-260  sm.  Ochroq  rangda,
            karbonatlar       kamroq           og‘ir    mexanik       tarkibli.     Ushbu      morfologik
            ko‘rsatkichlardan  shuni  ta’kidlash  lozimki,  qo‘ng‘ir  tog‘  umon  tuproqni
            chirindili qavati, jigarrang tuproqga nisbatan ancha qalin A+B1+B2 100-150 sm.
            tashkil etadi, yuqori qavatlarida chirindi miqdori 6-8% ayrim hollarda -15 % ga

            yetadi, umumiy azot 0,244-0,461, fosfor  0,171-0,218, kaliy 2,35-2,52 % tashkil
            etadi. Bu tuproqlar neytral reaksiyaga ega bo‘lib singdirish sig‘imi juda katta
            100 gr. tuproqda 26-40 mg/ekv. Bu zonani tabiiy o‘rmonlarini saqlash ayniqsa
            yong‘oqzorlarni, yangi daraxtzorlar mevali bog‘lar barpo etish borasida ishlar
            olib borish kerak.

                      Baland tog‘ mintaqasining  (subalpik va alpik) qo‘ng‘ir tusli tog‘ o‘tloqi
            va o‘tloqi dasht tuproqlari bu mintaqa tuproqlari g‘arbiy Tyan-Shan, Zarafshon,
            Xisor tog‘larining suv ayrg‘ichlari va unga yondashgan qiyaliklarda joylashgan.
            Dengiz  sathidan  1800-2000  metrdan  baland  tog‘larda  hamda  2600-
            2800m.gacha  balandlikda  rivojlangan.  Subalp  mintaqaning  iqlimi  mo‘tadil
            sovuq yozi qisqa,  salqin yog‘inlar miqdori 400mm. dan 800mm.gacha yog‘adi.


























                                     1.7-9 rasmlar. Baland tog‘ mintaqa tuproqlari.


                     Baland bo‘yli xilma-xil  o‘simliklar o‘sadi. Tog‘- o‘tloqi dasht, qo‘ng‘ir
            tusli va och tusli qo‘ng‘ir  tuproqlar tarqalgan. Tog‘  o‘tloq-dasht qo‘ng‘ir tusli
            tuproqlar ko‘proq sernam yon bag‘irlarda och tusli qo‘ng‘ir tusli tuproqlar esa
            birmuncha quruq yon bag‘irlarda uchraydi. Subalp  zonada to‘q –tusli  qo‘ng‘ir
            tusli tuproqlarda gumus 4-5% atrofida bo‘lib, azotga boydir (0,46-0,55%). Bu
            tuproqlar yaylov sifatida foydalaniladi.


                                                           157
   152   153   154   155   156   157   158   159   160   161   162