Page 153 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 153
marta, lalmikor yerlar uchun 5-10 yilda 1 marta, pichanzor va yaylovlar
uchun esa 10-12 yilda 1 marta tuziladi.
Tuproqlar agroximkatragrammasini tuzishdan maqsad ekin
maydonlarining har bir xududiga mineral o‘g‘itlarni to‘g‘ri tarqatishdan iborat.
Tuproqning agrokimyoviy kartagrammalari tuproqlarning umumiy
agrokimyoviy tavsifi, ya’ni oziqa elementlarning harakatchan shakllari asosida
tuproqni yirik masshtabdagi xaritalash ma’lumotlari negizida tuziladi.
Agrokimyoviy kartagrammada tuproqdagi o‘simlik o‘zlashtiradigan oziqa
elementlarining miqdori ko‘rsatiladi.
Paxtadan ko‘p va sifatli hosil olishda ularning fosforli oziqlanishi muhim
ahamiyatga ega. Ma’lumki, fosforli o‘g‘itlar qo‘llanilganda hosildorlik 3,6 dan
7,8 st/ga ortadi.
10.1-jadval
Tuproqni harakatchan azot miqdori bo‘yicha guruhlash
Guruh Ta’minlanganlik Mineral azot –N kartada belgilanadigan
raqami darajasi miqdori, mg/kg Rangi Chiziq shakli
1 Juda past <20,0 Sariq Nuqta
2 Past 20,1-30,0 Och yashil Punktir
3 O‘rtacha 30,1-50,0 Havo rang Gorizontal chiziq
4 Yuqori 50,1-60,0 Och siyoh rang Vertikal chiziq
5 Juda yuqori >60,0 Siyoh rang To‘g‘ri katak
10.2-jadval
Tuproqni harakatchan fosfor miqdori bo‘yicha guruhlash
Guruh Ta’minlanganlik P2O5 Machigin kartada belgilanadigan
raqami darajasi usuli bo‘yicha Rangi Chiziq shakli
1 Juda past <15,0 Och yashil Nuqta
2 Past 15,1-30,0 Yashil Punktir
3 O‘rtacha 30,1-45,0 Och havo rang Gorizontal chiziq
4 Yuqori 45,1-60,0 Havo rang Vertikal chiziq
5 Juda yuqori >60,0 Binafsha rang To‘g‘ri katak
Kaliy miqdorining ortib borishga qarab ushbu guruhlar xaritada och sariq
va to‘q jigarranglar oralig‘idagi besh xil rang bilan belgilanadi. Tuproqlarning
almashinuvchan kaliy bilan ta’minlanganlik darajasini agrokimyoviy
kartagrammalarda turli shakldagi chiziqlar bilan ham ifodalash mumkin,
masalan, gorizontal, punktir va vertikal chiziqlar va to‘g‘ri kataklar shaklida.
10.3-jadval
Tuproqni harakatchan kaliy miqdori bo‘yicha guruhlash
153