Page 156 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 156
1.4-6 rasmlar. Jigarrang tuproqlar.
O‘rta tog‘ mintaqasining o‘tloqi dasht va o‘rmon tuproqlari.
O‘rta tog‘ mintaqasi tuproqlari dengiz sathidan 1200-2300 metrgacha
balandlikda joylashgan. Bu mintaqada tipik jigarrang tog‘ o‘rmon va qora
qo‘ng‘ir tog‘ o‘rmon tuproqlari rivojlangan: a). Jigarrang tog‘-o‘rmon
tuproqlari tuproq-iqlim sharoitlari hamda tog‘larning joylashishiga qarab dengiz
sathidan 800 metrdan 1200-1500 metrgacha balandlikda joylashgan. G‘arbiy
Tyan-Shan tog‘ tizmasidagi tuproqlar 800-1000 m. Zarafshon tog‘ tizmasida -
1200, Xisorda 1200-1500 m. balandlikda joylashgan, bu jigarrang tuproqlarning
dengiz sathidan har xil balandlikda bo‘lishi kuchli shamol va iqlimning
quruqligiga bog‘liq.
O‘rta tog‘ mintaqasining tipik jigarrang tuproqlari bir muncha
siyraklashgan o‘rmon ostida hosil bo‘lib, morfologik tuzilishi ancha yaxshi
rivojlangan. Tuproq betida 3-4 sm. qalinlikda chala chirigan o‘rmon qiyi (A0),
uning ostida 15-40 sm.li serchirindi qatlam (A1), rangi qo‘ng‘ir tusli, mayda
kesakdor strukturaga ega; «B» qatlami 100-120 sm. Serkarbonat Bk-100-
120sm. Qatlami, rangi oqish sariq. Bu tuproqning chirindi miqdori 4-10%
gacha umumiy azot-0,20-0,59, fosfor 0,25-30%, kaliy 2,0-2,5 % ni tashkil etadi,
singdirish sig‘imi 100gr. tuproqda 20-27 mg/ekv. O‘rta tog‘ mintaqasida
bog‘dorchilikni keng rivojlantirish mumkin. Bu yerlar noto‘g‘ri foydalanish
natijasida tuproq suv eroziyasiga uchrab, yaroqsiz yerlarga o‘tib qolmoqda.
b). Qora-qo‘ng‘ir tog‘ o‘rmon tuproqlari. Bu tuproqlar dengiz sathidan 1250-
2000 metr balandlikda joylashgan. Qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlar jigarrang
tog‘ o‘rmon tuproqlari bilan qatorda o‘rta tog‘ mintaqasining o‘ta namli
Pskom va Ugam tog‘lari yonbag‘irlarida rivojlangan. Yillik yog‘in miqdori
900-1000mm.dan oshadi. Yillik o‘rtacha harorat +8+12 C atrofida. O‘rmonlar
0
bu yerda juda yaxshi rivojlangan bo‘lib, asosan yong‘oq, olma, tog‘olcha,
butalardan na’matak, do‘lana kabilar ko‘p tarqalgan. Bu tuproqlarning
morfologik belgilari -yuqori chimli qavati to‘q qo‘ng‘ir tusli, qalinligi A1 0-7
156