Page 159 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 159
3.Ko‘pgina suvda eriydigan tuzlar vulqonlar bilan otilib chiqishida gaz va
bug‘ tarzida xlor, oltingugurt chiqib xlorid va sulfit tuz birikmalarini tashkil
etishlari mumkin va bu tuzlar tuproqlarni sho‘rlanishga sababchidir.
4.Sho‘rga chidamli o‘simliklar yordamida, ya’ni biologik jarayonlar
to‘plami ya’ni dasht va cho‘l zonalarida o‘sadigan galofit o‘simliklar o‘z
ildizlari orqali chuqur qatlamlardan suvda erigan tuzlarni qabul qiladi va
vaqtlari o‘tishi bilan o‘simlik qoldiqlari chirishi natijasida tuzlar ko‘paya
boradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘simlik qoldig‘idan 1 gektar yerda 500kg. gacha
tuz yig‘ilishi aniqlangan.
5.Tuproqlarning sho‘rlanishida va sho‘rxoklanishida yer osti suvlarining
ta’sirida ham bo‘ladi. Bulardan tashqari, sug‘orish suvi tarkibidagi tuzlarning
yig‘ilishi ham sabab bo‘lishi mumkin. V.A.Kovdaning ma’lumotiga ko‘ra,
Mirzacho‘lda sug‘orish suvining minerallashgan 0,28 g/ l, bo‘lganda bir
gektar yerda 2 tonnadan ortiq tuz to‘planishi aniqlangan.
Tuproqlar sho‘rlanmagan, sho‘rlanish darajasiga ko‘ra esa: kuchsiz
sho‘rlangan, o‘rtacha sho‘rlangan, kuchli sho‘rlangan va juda kuchli
sho‘rlangan hamda sho‘rxokga bo‘linadi. Tuproqlarning sho‘rlanish darajasiga
qarab guruhlarga ajratishda, uning tarkibidagi suvda tez eriydigan tuzlarning
umumiy miqdoriga e’tibor beriladi.
Sho‘rlangan tuproqlarning ustki qatlamlarida tuzlarning miqdori 2- 3%
dan ortiq (10-30% ) ko‘p bo‘lsa, bunday tuproqlar tipik sho‘rxoklar deyiladi.
Sho‘rlangan tuproqlar va sho‘rxoklar tarkibida uchraydigan tuzlar asosan
-
--
3ta kation Na, Mg, Ca va 4ta anion Cl . SO4 , CO3 , HC03 ning kimyoviy
-
-
birikishi natijasida 12xil tuz hosil bo‘ladi: NaCL, Na2S04, Na2C04, NaHC03,
MgCI3, MgS04, MgC03, CaCI2 CaS04. CaC03, Ca(HC03)4; Bu tuzlarni
yuqoridagi 8ta xili o‘simliklar uchun zaxarli, pastdagi, 4xili deyarli zararsiz.
V.A.Kovda ma’lumotiga ko‘ra tuzlarni yig‘ilishini 4 ta mintaqaga bo‘lgan:
1.Tuproqlarni xlorli sho‘rlanish xududi-bu sho‘rlanish Turkmanistonning
janubiy - g‘arbiy qismi, Kaspiy bo‘yi kiradi.
2.Tuproqlarning sulfat xlorli sho‘rlanish xududi-Amudaryo, Sirdaryo,
Baxsh, Murg‘ob va Tajang vodiylari kiradi.
3.Tuproqlarning xlor-sulfatli sho‘rlanish xududi Qozog‘iston cho‘llari,
Fargona vodiysi, Zarafshon va Amudaryo vaholari kiradi.
4.Tuproqlarning sulfat-sodali sho‘rlanish xududiga-Yevropaning dasht
qismlari, Volga daryosining o‘rta qismi, g‘arbiy Sibir kiradi, tuzlarning tarkibi
sho‘rlangan tuproqlarning morfologik belgilariga qarab ham bo‘linadi:
qatqaloqli, mayin, qatqaloqli-mayin, ho‘l va qora sho‘rxoklarga bo‘linadi.
159