Page 158 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 158
Baland tog‘ alp mintaqa tuproqlari dengiz sathidan 3000-4000m.
balandlikdagi qorli zonada joylashgan. Iqlimi sovuq, yozi ham sovuqroq
shuning uchun o‘simliklar sust rivojlangan. O‘simliklari o‘tloqi yoki dasht
o‘simliklardan iborat bo‘lib, chala to‘rfli chim hosil qiladi. Bu mintaqada Alp
o‘tloq-dasht och tusli qo‘ng‘ir tuproq rivojlanib, gumus miqdori kamroq (2-3
% dan 5 % gacha), karbonatsiz, tuproq muhiti kuchsiz kislotali va asoslarga
to‘yinganligi bilan izohlanadi. Iqlimi juda sovuq, rel’ef murakkak-o‘nqirligi
tufayli baland tog‘ alp tuproqlar yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Qishloq
xo‘jaligida tog‘ tuproqdlaridan asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Tog‘
jigarrang tuproqlarning 10-12% haydaladigan yerlar bo‘lib, bu yerlarga
bug‘doy va moyli ekinlar ekiladi.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1.O‘zbekiston Respublikasidagi qanday tog‘larni bilasiz?
2.O‘zbekiston ning tog‘li zonasi tuproqlarining tip va tipchalari?
2. O‘zbekiston hududidagi sho‘rlangan tuproqlarning tavsifi.
Sho‘rlangan tuproqlar-sho‘rxoklar, sho‘rtoblar va salodlar quruq
iqlimli zonalarda tarqalgan bo‘lib yer sharining 240 mln.gektar yerini, MDH
mamlakatlarida 120,8 mln.gektarini, O‘zbekiston ning sug‘oriladigan
yerlarining 50% ga yaqin, yani 2mln. gektar yerini egallaydi. Yangi
o‘zlashtirilgan va yangidan sug‘oriladigan yerlarning 75% yeri turli xil
darajada sho‘rlangandir. Sho‘rlangan tuproqlar deb tarkibida qishloq xo‘jalik
o‘simliklari uchun zararli miqdorda suvda oson eruvchi tuzlar saqlovchi
tuproqlarga aytiladi.
Sho‘rlangan tuproqlar va sho‘rxoklar O‘zbekiston da cho‘l va bo‘z
tuproqlar zonasida -Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqa daryo, Surxon
daryolarining quyi oqimlarida, Farg‘ona vodiysida hozirgi va qadimgi daryo
deltalarida uchraydi. O‘zbekiston ni sug‘oriladigan yerlarida sho‘rlangan
tuproqlar 1970,7 mingga, jumladan, kam sho‘rlangani 1117,7 mingga,
o‘rtachasi-611,2 mingga, kuchli sho‘rlangani 241,6 ming gektarni tashkil etadi.
O‘zbekiston da sho‘rlangan tuproqlarni o‘rgangan olimlar V.A.Kovda,
V.V.Egorov, M.A.Pankov, A.M.Rasulov, O.K.Kamilov va boshqalar.
Sho‘rlangan tuproqlarning kelib chiqishi to‘g‘risida 5ta ilmiy farazlar bor:
1. Ona jins tarkibida suvda eriydigan turli xil tuzlaring bo‘lishi. Yangidan
sug‘oriladigan yerlarni noto‘g‘ri o‘zlashtirish natijasida sodir bo‘ladi.
2. Dengiz va ko‘l sohillaridagi tuzli suvlarning shamol ta’sirida uchib
kelishi, ekologik jarayonlarning yomonlashuvi, ya’ni Orol va Kaspiy dengizi
atroflaridagi sho‘rlangan tuproqlar, shamol ta’sirida tuproq yuzasiga
to‘planishi kuzatiladi. Bu tuzlarning bir joydan ikkinchn joyga chang holda
yoki atmosfera yog‘inlari natijasida ko‘chishini impulverizatsiya hodisasi
deyiladi.
158