Page 154 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 154

Guruh       Ta’minlanganlik       K2O Machigin              Kartada belgilanadigan
                raqami          darajasi          usuli bo‘yicha          Rangi           Chiziq shakli
                   1           Juda past               <100             Och sariq             Nuqta
                   2              Past               101-200              Sariq              Punktir
                   3            O‘rtacha             201-300            Zarg‘aldoq      Gorizontal chiziq
                   4            Yuqori               301-400            Jigarrang        Vertikal chiziq

                   5          Juda yuqori              >401           To‘q jigarrang      To‘g‘ri katak

                                           Mavzu bo‘yicha  nazorat savollari:
            1.Masshtab nima?
            2.Tuproq kartalari nima uchun tuziladi?
            3.Tuproq kartalari va kartagrammalaridan qanday   foydalaniladi?
            4.Tuproq kartalari va ularning masshtablari qanday?

            5.Kartagrammalar va ularning turlarini tushuntiring?

                                      MUSTAQIL ISH MAVZULARI
                             1. Tog‘ tuproqlarining morfologiyasini tavsiflash.

                     Tog‘ tuproqlari MDH davlatlari hududining uchdan bir qismini (30.3%)
            egallaydi.  Tog‘  tuproqlari  MDHning  g‘arbiy  chegarasidan  sharqqa  tomon
            yo‘nalgan vertikal zonalik qonuniyati asosida joylashgan. Xuddi shu qonuniyat
            asosida O‘rta Osiyo respublikalari hududidagi              Pomir - Oloy, Tyan-Shan tog‘
            tizmalaridagi  va    tarmoqlaridagi  tog‘  tuproqlarni  o‘z  ichiga  oladi.Tog‘
            tuproqlarining  iqlimi  tekislikdan  tog‘  cho‘qqisiga  ko‘tarilgan  sari  iqlim
            o‘zgaradi. Harorat pasayadi, atmosfera bosimi kamayib, havoning  namligi ortib

            boradi.
                                                                                                0
                   Balandlikka ko‘tarilgan sari har 100m.da havo harorati  -0,4-0,6  haroratga
            pasayib, yog‘in  miqdori ko‘payib boradi. Tog‘li hududlarning qish fasli uzoq
            davom etib, qor ko‘p yog‘adi, yozi qisqa bo‘ladi. Vegetatsiya davri 90 kun va
            ayrim tog‘ sistemasida undan kam bo‘lishi mumkin. Iqlim sharoitining xilma-
            xilligi o‘simliklarning  ham turli-tuman bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

                     O‘zbekiston  tog‘larida efemerlar o‘sadigan chala savannada baland boyli
            bo‘lib    o‘sadigan  o‘tlar  va  daraxtlardan-  zarang,  yong‘oq,  tog‘olcha  va  olma
            o‘sadigan keng yaproqli o‘rmonlar va archa o‘rmonlari, subalpik  va alp o‘tloqi
            dashtlar    hamda  tog‘lar  orasida  baland  tog‘  saxrolari  va  tog‘  cho‘qqilaridagi
            doimiy  qorlar  muzliklar bilan qoplangan. Tog‘li hududlarning rel’efi xilma-xil
            va  juda  murakkab.  Tog‘li  hududlarda  tuproq  turlarining  almashinishi,  asosan
            rel’ef  ta’sirida  iqlim  va  o‘simliklarning  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq.  Bulardan

            tashqari tog‘ tuproqlarining rivojlanishida ekspozitsiya (quyosh tushadigan yoki
            soya  tomondaligi)  muhim  ahamiyatga  ega.  Tog‘li  hududlarda  rel’ef  tuproq
            paydo  bo‘ishini  hal  qiluvchi  omil  hisoblanadi.  Qor    va    yomg‘ir    suvlari
            qiyaliklardan tez oqib nuragan, parchalangan  mayda zarrachalarni pastliklarga
            oqizib ketadi, shu tufayli ayrim tog‘ sistemalardagi tuproqlar yengil mexanikli,

                                                           154
   149   150   151   152   153   154   155   156   157   158   159