Page 149 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 149
o‘zgarishiga va ularning cho‘l-o‘tloqi tuproqlarga aylanishiga olib keladi.
Qumli cho‘l tuproqlar gumus bilan ta’minlanganlik darajasi juda past 0,2-0,4%
ni tashkil etadi. Bu tuproqlar sho‘rlanmagan va kuchsiz sho‘rlangan.
Sug‘oriladigan cho‘l-o‘tloqi tuproqlar bu tuproqlarning gumus miqdori 0,4-
0,5%, azot 0,02-0,03%, yalpi fosfor 0,05-0,09% atrofida kuzatiladi.
Surxondaryo viloyati tuproq qoplami xaritasi (masshtabi 1:750000).
9.AGROKIMYOVIY TADBIRLAR.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning sug‘oriladigan yer
maydonlarining unumdorligini oshirish, degradatsiya jarayonlariga qarshi
kurashish va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish maqsadida
quyidagi ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni joriy etish tavsiya etiladi:
Agrokimyoviy tadbirlardan-qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘g‘itlashda, tuproq
tarkibidagi tuzlar, sho‘rlanish darajasi ta’sirida o‘g‘itlar samaradorligi 50% ga
kamayib borishi tufayli kuchli sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlariga
gektariga 150-160 kg azot, 125-140 kg fosfor o‘g‘itlarini qo‘llash maqsadga
muvofiq. Kuzda shudgor qilinmaydigan sizot suvi yuzaga yaqin yerlarda
mineral o‘g‘itlarni yuqori me’yorda berish va ikki yarusli pluglarda bahorgi
shudgorlash tavsiya etiladi.
- Sug‘oriladigan yer maydonlariga kuzgi shudgor oldidan fosforli o‘g‘itlarni
70%, kaliy o‘g‘itlarni 50% hamda organik o‘g‘itlardan gektariga 20-30 tonna
yoki kompost shaklida 15-20 tonnadan solish tavsiya etiladi. Tuproqning
xossalariini yaxshilash uchun-bentonit, glaukonit kabi, nisbatan arzon organo-
mineral o‘g‘itlar va ular asosida tayyorlangan kompostlar, tarkibida oziqa
elementi bo‘lgan xomashyo va chiqindilardan fosforit, fosfogipslardan
foydalanish tavsiya etiladi;
- Yerlarni tekislash, begona o‘tlardan tozalash, tomchilatib sug‘orish kabi
agrotexnik tadbirlar suvni 50% gacha tejaydi va boshqa agrotexnik tadbirlarni
kamayishiga olib keladi. Navbatlab va qisqa rotatsiyali ekishni joriy etish,
g‘o‘zadan bo‘shagan bonitet balli past bo‘lgan yer maydonlarida sho‘rga
chidamli, ekinlar ekish tavsiya etiladi. Unumdorligi past, g‘o‘za hosildorligi 8-
12 sentnerdan oshmaydigan, melioratsiyalash va qayta o‘zlashtirish davri 6-8
149