Page 147 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 147
Sug‘orish natijasida tipik bo‘z tuproqlarda agroirrigatsion qatlamlar
shakllangan.
Lalmi jigarrang tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va og‘ir
qumoqlidir. Bu tuproqlarning gumus miqdori 1,1-1,3%, azot 0,04-0,07% ni
tashkil etadi. O‘rtacha darajada suv eroziyasiga uchragan.
Surxondaryo daryosi havzasida katta maydonlarni egallaydi. Bu tuproqlar
tog‘ oldi (adir) qiya tekisliklari, Xo‘jaipok daryosi yoyilmalarini chekka
qismlaridagi lyossimon va allyuvial-prolyuvial yotqiziqlarida shakllangan.
Viloyatning sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning mexanik tarkibi turlicha
bo‘lib, o‘rta, engil qumoqdan va qumloqgacha o‘zgaradi. Bu hududlarning
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sho‘rlanmagan. Viloyatning
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning yer osti suvlari chuqur joylashgan
yerlarda avtomorf tartibi, pastqam hamda sizot suvlari yer yuzasiga yaqin
joylashgan hududlarda gidromorf rejimga o‘tib, bevosita antropogen omillar
ta’siri ostida rivojlanib boradi. Viloyatning lalmi och tusli bo‘z tuproqlari
mexanik tarkibiga ko‘ra engil qumoqlidir. Haydalma qatlamdagi gumus
miqdori 0,6-1,1%, azot 0,01-0,06%, yalpi fosfor 0,12-0,16%, kaliy 1,6-2,1% ni
tashkil etadi.
Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar o‘tuvchi yarim gidromorf tuproqlar
hisoblanib, bo‘z tuproqlar mintaqasining tipik bo‘z va och tusli bo‘z tuproqlari
Surxondaryo mintaqasi hududlarida joylashgan. Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi
tuproqlar sizot suvlari sathi yuzaga yaqin joylashgan (3-4 m) hududlarda keng
shakllangan. Tuproq kesmalari qatlamlarining qo‘yi qismlari kulrang bo‘lib,
zang dog‘lari uchraydi, ba’zan gleylanish belgilari uchrashi kuzatildi.
Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning mexanik tarkibi o‘rtacha va engil
qumoqlardan iborat.
Sug‘oriladigan sur qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning mexanik tarkibiga ko‘ra
engil qumoqli va qumloqlidir. Bu tuproqlarning gumus miqdori 0,2-0,6%, azot
0,01-0,04%, fosfor va kaliyning yalpi miqdoriga kambag‘al 0,05-0,09 va 0,6-
0,9% ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan taqirli tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra
loylar, og‘ir va o‘rta qumoqlardan iborat. Bu tuproqlarda gumus miqdori 0,4-
0,8%, azot 0,02-0,04%, yalpi fosfor 0,10-0,12%, kaliy 0,8-1,1% ni tashkil etadi.
Eskidan sug‘oriladigan taqirli tuproqlarda gumus miqdori 0,9-1,1%, azot 0,05-
0,07%, yalpi fosfor 0,14% ni tashkil etadi.Sug‘oriladigan o‘tloqi va botqoq-
o‘tloqi tuproqlar Sherobod vodiysining bo‘z tuproqlar mintaqasida, daryo konus
yoyilmalarida va ularning I-II terrasalarida tarqalgan. Bu tuproqlar yer osti
suvlari sathi 1,5-2,0 m atrofida tebranib turadi. Bo‘z tuproqlar mintaqasi va
konus yoyilmalarida jadal o‘zlashtirish va davriy sug‘orishlar natijasida
cho‘kmalarda, berk havzalarda, asosan, er osti suvlari harakati sekin joylarda,
uning sathi ko‘tarilishi natijasida o‘tloqi tuproqlar yillar davomida shakllangan.
Mexanik tarkibiga ko‘ra sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar og‘ir, o‘rta va engil
qumoqli bo‘lib, qumli va qumloqli qatlamlar ham uchraydi.Viloyatning o‘tloqi
147