Page 145 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 145
dan iborat. Qashqadaryo viloyati tog’li xududida tarqalgan to‘q tusli bo‘z lalmi
tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumloqlidir. Bu tuproqlarning gumus
miqdori 0,6-2,6% ni, yalpi azot 0,04-0,18% ni tashkil etadi.
Qashqadaryo viloyatidagi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning mexanik
tarkibiga ko‘ra engil, o‘rta va og‘ir qumoqlardan iboratdir. Bu tuproqlarda
gumus miqdori ustki qatlamda 0,9-1,6 atrofida tebranib turadi. Ushbu qatlamda
umumiy azot 0,06-0,12%, umumiy fosfor esa 0,16-0,20% ni tashkil etadi.
Lalmi tipik bo‘z tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta, og‘ir qumoq va
engil qumoqlardan iborat. Bu tuproqlarda gumus miqdori 1,2-2,1%, yalpi azot
0,04-0,12% ni tashkil etadi. Qashqadaryoning sug‘oriladigan och tusli bo‘z
tuproqlari viloyatda keng tarqalgan bo‘lib, uzoq vaqt sug‘orilishi natijasida
ularning katta qismi yarim gidromorf va gidromorf tuproqlarga aylangan.
Gumus miqdori haydalma qatlamda 0,8-1,5% gacha bo‘lib, pastki qatlamlarda
0,5-0,7% ni tashkil etadi. Umumiy azot miqdori 0,05-0,15 %, umumiy fosfor
esa 0,22-0,35% ni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatidagi och tusli bo‘z
tuproqlar sho‘rlanishga moyil bo‘lganligi sababli, ko‘p hollarda kuchsiz va
o‘rtacha sho‘rlangan bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar bo‘z va
o‘tloqi tuproqlar oralig‘idagi o‘tuvchi tuproqlar hisoblanadi. Bu tuproqlarning
haydalma qatlamida 0,6-1,5%, azot 0,04-0,04% oralig‘ida o‘zgarib turadi.
Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarda umumiy fosfor miqdori 10,12-0,21%,
umumiy kaliy esa 1,5-1,8% ni tashkil etadi. Mexanik tarkibiga ko‘ra turli xil
bo‘lib, qumloqli va engil qumoqdan o‘rta va og‘ir qumoqligicha o‘zgarishi
mumkin. Bu tuproqlar sho‘rlanishga moyil hisoblanadi. Tarqalish mintaqasiga
bog‘liq ravishda sho‘rlanmagan tuproqlardan tortib, kuchsiz va o‘rtacha
sho‘rlangan tuproqlargacha uchrashi mumkin.
Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan sur qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlar
mexanik tarkibiga ko‘ra engil qumoqli va qumoqlidir. Bu tuproqlarning gumus
miqdori 0,4-0,8% ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar tipik bo‘z va
och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasi hamda cho‘l mintaqasining turli
geomorfologik yerlarida sizot suvlari 1-2,5 metr chuqurlikda joylashgan
sharoitlarda shakllanadi. Tuproqning yuqori qatlamlaridagi gumusning miqdori
0,7-1,6%, umumiy azot 0,03-0,11%, fosfor 0,09-0,23%, kaliy esa 1,4-1,8%
gacha oraliqda tebranib turadi.
Sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar viloyatning cho‘l mintaqasida
sizot suvlari 1,5 metrdan 2,5 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda joylashgan bo‘lib,
daryo yoyilmalari hamda qadimgi allyuvial, prolyuvial-allyuvial yotqiziqlarda
shakllangan. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra ko‘p
hollarda o‘rta va og‘ir qumoqlardan iborat bo‘lib, turli darajada sho‘rlanishga
uchragan. Sug‘orilish davriga ko‘ra bu tuproqlar qadimdan sug‘oriladigan
o‘tloqi allyuvial, yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial va yangidan
o‘zlashtiriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarga ajratilgan.
145