Page 143 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 143

holatdadir.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasidagi  15  ta  tumanning  barchasida
            sug‘oriladigan tuproqlar turli darajada sho‘rlangan.
                    Sug‘oriladigan  o‘tloqi-taqir  tuproqlar:  haydalma  qatlam  25-30  sm

            qalinlikda bo‘lib, mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir, o‘rta va engil qumoqli, gumus
            miqdori 0,9-1,0%, azot  0,04-0,05%  tashkil  etadi,  quyi  qatlamlarga  borib 0,5-
            0,7%  gacha  kamayadi.  Karbonatlar  7,0-8,0%,  gips  0,1-0,8%  ni  tashkil  etadi.
            Ayrim kuchli sho‘rlangan tuproq qatlamlarida gips 1,5-4,6% gacha. Tuproqlari
            asosan o‘rtacha va kuchli darajada sho‘rlanishga uchragan.























                              Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq qoplami xaritasi
                                               (masshtabi 1: 2500000).

                    Sug‘oriladigan  taqir-o‘tloqi  tuproqlar:  27-30  sm  haydalma  qatlamdan
            iborat  bo‘lib,  mexanik tarkibiga  ko‘ra  og‘ir  va  o‘rta  qumoqli,  ayrim  joylarda
            engil  qumoq  va  qumloqli,  gumus  miqdori  engil  qumoqlarda  0,4-0,6%,  og‘ir
            qumoqlarda  0,7-1,0%  gacha  oshib  boradi.  Azot  0,03-0,07%,  CO2  karbonatlar

            6,6-8,1%  oralig‘ida  tebranib  turadi.  Tuproqlar  kuchsiz  va  o‘rtacha  darajada
            sho‘rlangan.
                    Sug‘oriladigan  o‘tloqi-allyuvial  tuproqlar:  mexanik  tarkibiga  ko‘ra  og‘ir
            qumoqdan  qumloqqacha  uchraydi,  u  juda  yuqori  zichlashganligi  va  dag‘al
            serkesak  strukturali,  gumusning  umumiy  miqdori  0,5-0,8%  dan  1,1-1,5%
            atrofida. Azot 0,01-0,09%, karbonatlar 6,3-8,3% gacha o‘zgarib turadi.  Gips
            0,1-0,5%, ushbu tuproqlarning sho‘rlanish darajasi kuchsiz, o‘rtacha va kuchli

            darajada sho‘rlangan.

                                 XORAZM VILOYATI TUPROQLARINING TAVSIFI
                      Sug‘oriladigan  o‘tloqi  tuproqlar:  bu  tuproqlar  erosti  suvi  100-250  sm
            chuqurlikda  bo‘lganda  tuproqlarining  hosil  bo‘lishiga  ta’sir  etishi  orqali

            shakllanadi. Yer osti suvlarining yuza joylashishi tuproqlarning quyi qismlarini
            ortiqcha  namlaydi.  Bu  esa  anaerob  sharoitini  vujudga  keltiradi,  natijada
            oksidlanish-qaytarilish  jarayonlari  rivojlanishiga  temir,  alyuminiy,  marganets
            zang birikmalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Yer osti suvlarining erigan

                                                           143
   138   139   140   141   142   143   144   145   146   147   148