Page 139 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 139
Shamol eroziyasining oldini olish uchun maxsus tadbirlar- kolmataj, siderat
ekinlar ekish, turli o‘g‘itlar solish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Sug‘oriladigan taqir tuproqlar: mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va engil
qumoqli, gumus miqdori 0,6-0,8%, azot 0,05-0,07% ni tashkil etadi. Bu
tuproqlar o‘rtacha darajada sho‘rlangan. Sizot suvlarining sathi 2-3 metrda
joylashgan.
Sug‘oriladigan taqirli-o‘tloqi tuproqlar: mexanik tarkibiga ko‘ra engil,
o‘rta va og‘ir qumoqli, 0,5-1,0 metrdan shag‘al qatlamlar joylashgan.
Tuproqning gumus miqdori 0,7-0,8%, umumiy azot 0,06-0,07% tashkil etadi.
Tuproqlar kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan.
Sug‘oriladigan o‘tloqi-taqir tuproqlar: mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va
engil qumoqli. Tuproqlarda gumus miqdori 0,5-1,1%, umumiy azot 0,04-0,12%
mavjud. Ular kuchsiz sho‘rlangan. Sho‘rlanish tipi sulfatli, ba’zi bir joylarda
xlorid-sulfatli tuproqlar uchraydi.
Sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar: mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta
va og‘ir qumoqli, ba’zi joylarda engil qumoqli va qumloqlar uchraydi.
Tuproqlar kuchsiz sho‘rlangan.
Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar: gumus miqdori 0,5-0,7%, umumiy azot
0,08-0,12% ni tashkil etadi. Botqoq-o‘tloqi tuproqlar: mexanik tarkibiga ko‘ra
og‘ir va o‘rta qumoqli, gumus miqdori 3% atrofida, umumiy fosfor va kaliy
bilan kam ta’minlangan. Bu tuproqlar lokal botiqlarda sizot suvlari 0,5-1 m
bo‘lgan, kuchli sho‘rlanish jarayoni ketayotgan sharoitda tarkib topgan.
Shuning uchun bu tuproqlar botqoqlanish va sho‘rlanishga moyil. Ular asosan
kuchsiz va o‘rtacha darajada sho‘rlangan.
Buxoro viloyati tuproq qoplami xaritasi (masshtabi 1:2 000 000).
6. SAMARQAND VA NAVOIY VILOYATLARINING TUPROQLARI.
Samarqand viloyati tuproqlarining tavsifi.
Sug‘oriladigan to‘q tusli tuproqlar: past baland tog‘ oldi hududlarida
uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoqli, 50-100 sm qatlam
chuqurligida shag‘al uchraydi. Gumus miqdori 1,4-2,5%, azot 0,09-0,18% ni
139