Page 138 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 138
FARG‘ONA VILOYATI TUPROQLARINING TAVSIFI.
Farg’ona viloyatida tarqalgan sug‘oriladigan sur qo‘ng‘ir tusli tuproqlar:
tog‘ etagining nishabli qiyaliklarida uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va
engil qumoqli, 30-50 sm qatlam chuqurligida shag‘al va siniq toshli shag‘allar
uchraydi. Gumus miqdori 0,6-0,8%, azot 0,02-0,4%, yalpi fosfor kam 0,05-
0,16%, kaliy esa ko‘p 1,2-2,0% ni tashkil etadi.
Sug‘oriladigan o‘tloqi-taqir tuproqlar: mexanik tarkibiga ko‘ra engil va
o‘rta qumoqli, 50-70 sm qatlam chuqurlikda shag‘al uchraydi. Tuproqlarning
gumus miqdori 0,8-1,5% gacha, ba’zi joylarda 2% ni tashkil etadi. Bu tuproqlar
sho‘rlanmagan va kuchsiz sho‘rlangandir.
Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar: qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar
tog‘osti tekisliklar va konus yoyilmalariga nisbatan tekis relefli joylarda
uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va og‘ir qumoqli, 100-200 sm qatlam
chuqurligida shag‘allar uchraydi. Gumus miqdori 0,8-2,0%, yalpi azot 0,03-
0,10%, yalpi fosfor 0,11-0,14% va yalpi kaliy 1,4-2,0% ni tashkil etadi.
Farg’ona viloyatida tarqalgan tuproqlar kuchsiz sho‘rlangan. Yangidan
sug‘oriladigaan o‘tloqi soz-allyuvial tuproqlar- Farg‘ona viloyatining shimoli-
g‘arbiy va shimoliy hududlarining quyi qismida keng tarqalgan. Mexanik
tarkibiga ko‘ra, og‘ir, o‘rta, engil qumoqli, ba’zi joylarda qumloqlidir. Gumus
miqdori 0,5-1,2%, azot 0,03-0,10%, yalpi fosfor 0,08-0,11%, yalpi kaliy 1,65-
2,25% ni tashkil etadi. Bu tuproqlar o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan hamda turli
darajada gipslashgan.
Farg‘ona viloyati tuproq qoplami xaritasi ( masshtabi 1 :400000).
5. BUXORO VOHASINING TUPROQLARI
Buxoro viloyatidagi sug‘oriladigan sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar: mexanik
tarkibiga ko‘ra qumloq, engil va o‘rta qumoq, gumus miqdori 0,6-0,9% tashkil etadi.
Qadimdan sug‘oriladigan tuproqlarda 1,2 dan 1,8% gacha bo‘lgan. Umumiy fosfor
0,09-0,11%, kaliy 1,4-2,0% gacha o‘zgaradi. Karbonat miqdori 3-6% tashkil etadi.
Bu tuproqlar tabiiy sharoitda ko‘pincha yuqori qatlamlari sho‘rlanmagan, quyi
qatlamlari sho‘rxokli. Buxoro viloyatidagi sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning haydalma
qatlami turli darajada sho‘rlangan,gumus miqdori 0,3-0,9%. Qumli-cho‘l tuproqlar:
gumus miqdori 0,5%, umumiy azot 0,04-0,05%, umumiy fosfor 0,14-0,15%. Sizot
suvlari 5 metrdan pastda joylashgan. Bu tuproqlar kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan.
138