Page 133 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 133
hozirda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida jadal foydalanilayotgan tuproq
qoplamlarida hozirgi kunda, tuproq guruhlarida, mexanik tarkibida va
meliorativ holatida katta o‘zgarishlar yuz bergan. Tuproq qoplamlarida qishloq
xo‘jaligida jadal o‘zlashtirishlar natijasida, hozirg kunda sho‘rxoklar majmuasi
sifatida ajratilgan maydonlar o‘rnida 29,6% o‘tloqi allyuvial tuproqlar guruhi va
15,1% o‘tloqi saz tuproqlar guruhi vujudga kelgan.
Sug‘oriladigan tuproqlardagi gumus va oziqa elementlarni tarqalishi,
o‘zgarishi va zahirasi. Sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda harakatchan
fosfor miqdori o‘rtacha 4,68 mg/kg dan 16,0 mg/kg gacha bo‘lib juda kam va
kam ta’minlangan, almashinuvchi kaliy o‘rtacha 126,0 mg/kg dan 200,8 mg/kg
gacha ba’zan 313,3 mg/kg bo‘lib, kam, o‘rtacha va etarli darajada ta’minlangan
tuproqlarni tashkil etganligi qayd etildi. Ushbu tuproqlarning haydov qatlamida
gumus 0,60-1,22 %, umumiy azot miqdori o‘rtacha 0,037-0,087 %, yalpi fosfor
o‘rtacha 0,11-0,36 % va kaliy 1,3-1,9 % tashkil etadi. Ushbu sug‘oriladigan
tuproqlarni kesimida karbonatlar miqdori haydov qatlamida o‘rtacha 5,23 %
dan 10,0 % gacha bo‘lib, quyiga tomon bu miqdor notekis taqsimlanganligi
kuzatildi va 100 sm atrofida o‘rtacha 4,11-5,56 % tashkil etadi. Gipslar esa
o‘rganilgan tuproqlarni haydov qatlamida o‘rtacha 0,718 % dan 3,368 % gacha,
lekin uning miqdori quyi qatlamlarda ba’zan 11,94-16,09 % tashkil etganligi
qayd etildi.
Sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarning haydov qatlamida gumus miqdori
o‘rtacha 0,45% dan 1,63% gacha tashkil etgan holda, yalpi azot o‘rtacha 0,028-
0,104%, fosfor 0,13-0,14% va kaliy 1,1-1,4% tashkil etadi. Harakatchan fosfor
o‘rtacha haydov qatlamida 5,33 mg/kg dan 12,13 mg/kg gachani,
almashinuvchi kaliy 30 mg/kg dan 200 mg/kg gachani goho 337,4 mg/kg va
azot 5,3-9,5 mg/kg tashkil etgan. Bu tuproqlar harakatchan fosfor va
almashinuvchi azot bilan juda kam va kam darajada, almashinuvchi kaliy bilan
juda kam va kam ba’zan yetarli darajada ta’minlanganligi qayd etildi.
Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlarning haydov qatlamida gumusli
qatlam ajralib turadi va gumus miqdori o‘rtacha 0,76 % dan 1,31 % gachani
tashkil etadi, kesma qatlamini 85-120 sm chuqurliklarida ular miqdori keskin
kamayib o‘rtacha 0,23-0,44 % tushib qolganligi aniqlandi. Yalpi azot 0,069-
0,082 %, yalpi fosfor 0,16-0,21 % va umumiy kaliy 2,1-2,3 % tashkil etadi.
Harakatchan fosfor miqdoriga ko‘ra bu tuproqlar (6,0-21,6 mg/kg) kam,
almashinuvchi kaliy bilan 172,0-218,0 mg/kg kam va o‘rtacha ta’minlangan.
Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlarda karbonatlar miqdori kam haydov
qatlamida o‘rtacha 4,27-6,23 %
atrofida, gips ushbu tuproqlarda juda kam shakllanganligi aniqlandi 0,120-
3,048 % haydov qatlamlarida uchraydi va ular miqdori kesmaning quyi
qatlamlari tomon kamayib boradi. Sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial
tuproqlarning ustki 0-30 sm li qatlamidagi gumus zahirasi o‘rtacha 53,2 t/ga,
azot zahirasi 5,68 t/ga, fosfor zahirasi 7,69 t/ga, kaliy zahirasi 70,06 t/ga, 0-100
133