Page 130 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 130

Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlar: mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va
            og‘ir  qumoqli.  Gumus  miqdori  2-3%  ga  etadi.  Tuproqlarda  kuchli  va  yuqori
            gleylanishlar  uchraydi.  Bu  sug‘oriladigan  botqoq-o‘tloqi  tuproqlarning

            sho‘rlanishi o‘rtacha va kuchli darajada.


















                               Jizzax viloyati tuproq xaritasi ( masshtabi 1:750000).

                                            4. VODIY TUPROQLARI.





















                              NAMANGAN VILOYATI TUPROQLARINING TAVSIFI.
                  Markaziy  Farg‘onaning  shimoliy  qismi  Namangan  viloyati  Mingbuloq
            tumani  Sirdaryoning  chap  sohilida  joylashgan  bo‘lib,  hududdan  Sirdaryo

            daryosi va  Oxunboboev nomli  kanalning oqib  o‘tishi  o‘ziga  xos  mikro  iqlim
            paydo  bo‘lish  sharoitini  yaratadi.  Iqlimi  quruq  bo‘lib,  o‘rtacha  havo  harorati
                                                                                     o
            yanvar oyida -7,0 dan 1,6  C gacha, iyul oyida 27,7-29,6  C ga teng bo‘ladi.
                                             o
            Samarali harorat (10 C dan ortiq) yig‘indisi bir yilda 4600-4800  C ni tashkil
                                        o
                                                                                            o
            etadi.
                  Qadimgi allyuvial tekislikda daryo yotqiziqlarning qatlamli joylashganligi
            gidromorf  tuproqlarning  kesimida  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Shuningdek,
            yotqiziqlarni  to‘planish  jarayonlari  natijasida  ayrim  qatlamlar  qalinligi  30-40

            sm tashkil etadi. Sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarda karbonatlar va ba’zan
            gipslarni  mavjudligi  ayrim  yer  maydonlarida  tuproq  profilining  40-60  sm
            zichlashgan ya’ni arziqli qatlamlarni vujudga keltirgan.
                  Sug‘oriladigan  o‘tloqi  saz  tuproqlar  So‘x  konus  yoyilmasining  chekka

                                                           130
   125   126   127   128   129   130   131   132   133   134   135