Page 128 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 128

engil  qumoqlardan,  ayrim  hollarda  esa  qumloqlardan  iborat.  Bo‘z-o‘tloqi
            tuproqlar  viloyatning sug‘oriladigan dehqonchiligining asosiy qismini tashkil
            etadi.  Mexanik  tarkibiga  ko‘ra,  asosan,  tuproqlar  engil  va  o‘rta  qumoqli

            hisoblanadi.  Bu  tuproqlar  bo‘z  tuproqlardan  o‘tloqi  tuproqlarga  o‘tuvchi
            tuproqlar hisoblanadi.
                      Sug‘oriladigan o‘tloqilarda sizot suvlarining satxi 1-2,5 metr chuqurlikda
            bo‘lib,  yarim  gidromorf  sharoitda  shakllangan.  Tuproqlar  mexanik  tarkibiga
            ko‘ra, engil, o‘rta va og‘ir qumoqlardan iborat. O‘rta va og‘ir qumoqli o‘tloqi
            tuproqlar  asosiy  holatlarda  qadimdan  sug‘oriladigan  hududlarda  tarqalgan.
            Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda gumus miqdor keng miqdorlarda, ya’ni 0,3

            dan  1,3  gacha  o‘zgarib  turadi.  Tuproqlar  sho‘rlanganligiga  ko‘ra,
            sho‘rlanmagan         tuproqlardan       tortib     kuchsiz      va    kuchli      sho‘rlangan
            tuproqlargacha uchraydi.
                   Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqlar viloyatda o‘tloqi
            tuproqlar  qatoriga  kiradi.  Bu  tuproqlar  tekisliklarning  pastqamliklarida

            tarqalgan. Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlarda gumus miqdori 0,9-1,3%,
            o‘tloqi-botqoq  tuproqlarda  esa  0,8-1,4%  ni  tashkil  etadi.  Mexanik  tarkibiga
            ko‘ra, ushbu tuproqlar engil qumoqlardan iboratdir.





















                         Sirdaryo viloyati tuproq qoplami xaritasi (masshtabi 1:350000).



                                 JIZZAX VILOYATI TUPROQLARINING TAVSIFI.
                     Lalmi jigarrang tuproqlar: tog‘ oldi va o‘rta baland tog‘larning eng tekis

            maydonlarida uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir va o‘rta qumoqli, ba’zi
            joylarda  toshli.  Gumus  miqdori  2,8-3,2%,  eroziyaga  uchragan  joylarda  1%,
            umumiy  azot  0,12-0,25%  ni  tashkil  etadi.  Bu  tuproqlar  o‘rtacha  va  kuchsiz
            darajada sho‘rlangan.
                     Jizzax  viloyatining  Zomin  tog‘idagi  sug‘oriladigan  to‘q  tusli  bo‘z
            tuproqlar: tog‘oldi balandliklarida katta bo‘lmagan, nisbatan tinch rel’ef bilan
            tavsiflanadigan  maydonlarni  egallaydi.  Mexanik  tarkibiga  ko‘ra  og‘ir,  qirrali

            chag‘ir  toshlar  bilan  to‘shalgan.  Gumus  miqdori  haydalma  qatlamlarda  1,4-



                                                           128
   123   124   125   126   127   128   129   130   131   132   133