Page 124 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 124

3xil :
                                         Yirik qum                                            1-0,5
                                         O‘rta qum                                 0,5-0,25
                                        Mayda qum                                  0,25-0,05
                                            3xil:
                                        Yirik chang                                0,05-0,01
                                       O‘rta chang                                0,01-0,005
                                        Mayda chang                              0,005-0,001
                                        Loyqa 3xil:                            0,001 dan kichik
                                           Dag‘al                                0,001-0,0005
                                           Mayin                                0,0005-0,0001
                                         Kolloidlar                                0,0001 dan kichik


                                           Mavzu bo‘yicha  nazorat savollari:
            1.Tuproqning mexanik tarkibini aniqlash usullari?
            2.Dalada tеxnika xavfsizligiga rioya qilish nima uchun kеrak?
            3.Tuproqni dalada tеkshirishda kеrakli asboblar?
            4.Dala-kamеral ishlar nima va qanday yakunlanadi?
            5.Kеsma qazish tеxnikasi va  usullari?

            6.Joyni nechta kategoriyaga ajratiladi va nima uchun?
            7.Kesma qazish usullarini tushuntiring?
            8.Kesma qazish texnikasini bilish nima uchun kerak?
            9.Tuproqning gеnеtik qatlamlarini dalada o‘rganish?
            10.Tuproq qatlamlaridan namuna qanday olinadi?
            11.Tuproq namunlariga yorliq nima uchun yozib qo‘yiladi?

            12.Tuproqning hajm og‘irligi dalada qanday  aniqlanadi?
            13.Tuproq g‘ovakligi dеganda nimani tushunasiz va uning ahamiyati?
            14.Tuproqning mеxanik tarkibini aniqlashning  loyli va quruq usullari?
            15.Tuproqdagi tuzlarni aniqlashda sifat analizi?

                          3. TOG‘ OLDI VA TEKISLIKLARNING TUPROQLARI

                              TOSHKENT VILOYATI TUPROQLARINING TAVSIFI.
                    Shartli-sug‘oriladigan  jigarrang  tuproqlar:    kichik  maydonlarda  va
            vaqtincha  oqar  daryo-soylarga  yaqin  joylarda  uchraydi.  Mexanik  tarkibiga

            ko‘ra  og‘ir  qumoqlidir.  Tuproqning  haydalma  qatlamida  gumus  miqdori  1,9-
            2,0%,  chim  va  chimosti  qatlamlarida  6-10%,  qo‘riq  (sug‘orilmaydigan)
            tuproqlarda gumus miqdori kam, azot  miqdori 0,19-0,22%, yalpi fosfor bilan
            o‘rtacha ta’minlangan, yalpi kaliy bilan kam ta’minlangandir.
                   Lalmi jigarrang tuproqlar:  o‘rta balandlikdagi tog‘larda uchraydi. Mexanik

            tarkibiga ko‘ra og‘ir qumoqlidir. Gumus miqdori 1,5-3,5% ni, yalpi azot 0,12-
            0,28%  ni  tashkil  etadi.  Yalpi  azot  miqdori  0,12-0,28%  ni  tashkil  etadi.  Bu
            tuproqlar  qiyalik  yerlarda  joylashgan  bo‘lib,  kuchsiz  va  o‘rtacha  suv
            eroziyasiga uchragan.


                                                           124
   119   120   121   122   123   124   125   126   127   128   129