Page 122 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 122
kaftga olinib, biroz suv qo‘shib loy tayyorlanadi va loydan xalqachalar
yasaladi.
2.6-9 rasmlar.Dalada tuproqning mexanik tarkibini loyli usulda aniqlash.
a). Xalqacha yasash: Kaftga tuproq olinib,suv qo‘shib,loy qilinadi.Loy
kaftda pishitiladi va barmoq shaklida xalqacha yasaladi. Xalqachalarning
tashqi holatiga qarab: qum, qumli-qumoq, qumoqligi bo‘yicha yengil, o‘rta,
og‘ir hamda soz kabi mеxanik guruhlarga ajratiladi: Qumdan xalqacha yasab
bo‘lmaydi.Qumli-qumoq tuproqdan yasalgan xalqachada yoriqlar ko‘p bo‘lib,
xalqacha mustahkam bo‘lmay bo‘linib ketadi. Qumoq va yengil qumoq
tuproqdan yasalgan xalqachada ham yoriqlar kop bo‘lib, xalqacha bo‘linib-
bo‘linib qoladi.O‘rta qumoq tuproqda yoriqlar bo‘lib, bo‘linib ketadi.Mexanik
tarkibi og‘ir qumoq va soz tuproqdan yasalgan xalqachada yoriqlar bo‘lmaydi,
xalqacha bo‘linmaydi.
b). Kosacha yasash usulida loy kosacha shakliga keltiriladi va qattiq yerga
urib ko‘riladi. Qumli va qumoq tuproqdan kosacha yasash qiyin, bo‘linib
qoladi. Kosacha yoyilib qolsa, qumoq va yengil qumoq, salgina paqillab yorilsa
bu tuproq o‘rta qumoq, agarda kosacha qattiq paqillab yorilsa, bunday
tuproqning qumoqligi og‘ir bo‘ladi. Tuproqning mexanik tarkibi undagi
mexanik zarralar guruhining bir-biriga bo‘lgan foiz miqdoriga bog‘liq.
c). Loyning qo‘lga yopishishiga qarab ham ajratiladi. Qumoqligi og‘ir va
soz tuproqlar qo‘lga ko‘p yopishuvchan, o‘rta qumoq tuproqlar kam
yopishuvchan, engil qumoq va qumoq tuproqlar deyarli qo‘lga
122