Page 118 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 118
2.3-4rasmlar. Tuproqni qatlamlarga ajratish. Tuproq kesmasi
Tuproq strukturasi-tuproqlarning zarralarining shakli va
donadorligi,makro va mikro srtukturaga ega bo‘lishidir.
Mexanik tarkibini aniqlash dala sharoitida va laboratoriyada
o‘rganiladi.tosh,shag’al,qum,chang va loyqa guruhlariga bo‘linadi.Qumoqligi
bo‘yicha- engil,orta va og’ir qumoqqa ajratilgan.
Qo‘shilma. Tuproq hosil bo‘lishida qatnashmagan, keying davrlarda
qo‘shilgan bo‘ladi. Tosh, shag‘al kabilar esa mineral qo‘shilma bo‘ladi.
Bulardan tashqari, uy-ro‘zg‘or asboblarining siniqlari (sopol, chinni, oyna va
metall) arxeologik qo‘shilma deyiladi. Bu qo‘shilmalarni o‘rganish tuproqning
yoshini va insonlarning tuproqqa qay darajada ta’sir qilganliklarini aniqlashga
imkon beradi.
Yangi yaralma. Tuproq qatlamlarida kimyoviy jarayonlar ta’sirida tuz,
gips va karbonatlarning hosil bo‘lishidagi birikmalar yangi yaralma deyiladi.
Yangi yaralma paydo bo‘lishi jihatidan kimyoviy va biologik bo‘ladi. Tuproq
qatlamida to‘planib qolgan kalstiy xlorid (CaCl2), magniy sulfat (MgSO4), gips
(CaSO4 *2H2O), ohak (CaCO3) singari tuzlar shuningdek, temir, kremniy
oksidlari va chiqindilari.Tuproq qatlamlaridagi har qaysi yangi yaralmalarning
turi va jihatlarini o‘rganish bilan ayrim qatlamlardagi kimyoviy va biologik
jarayonlarni aniqlash mumkin. Laboratoriyada morfologik belgilarni o‘rganish
uchun tayyorlangan monolitlardan foydalaniladi. Monolitlar
yog‘ochdan,panerdan yoki qattiq kardon qog‘ozlardan 50-60 sm yoki 100 sm
uzunlikda tayyorlangan bo‘lib,qatlamlarga ajratilgan bo‘ladi.Monolitning ustiga
yoki yon tomoniga tuproq tipi,qatlam chuqurligi yozib qo‘yiladi.
Dalada qazilgan kesmaning har bir qatlamidan olingan tuproq
namunasining tabiiy holati bo‘yicha kesib olinib, tuproq quritilib, monolitlarga
qatlam-qatlam qilib joylashtirilgan bo‘ladi.Tuproq monolitlari kesmaning to‘liq
uzunligi bo‘yicha yoki qatlamlardan olingan namunalar monolitlarga qisqa va
118