Page 117 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 117
pastga tomon sm bilan o‘lchanadi. Tuproqning umumiy genetik qatlami
qalinligini aniqlash bilan birga har qaysi genetik gorizont (A,B,C) qalinligini
belgilash ham agronomiya nuqtai nazaridan juda katta ahamiyatga ega.
Masalan, chirindili akkumulyativ (A) qatlamning qalin bo‘lishi tuproqning
unumdorligini, elyuvial (B) qatlamning aniq ajralib turishi esa bu qatlamdan
ayrim moddalarning pastga yuvilib ketganligini ko‘rsatadi. Tuproqning
qalinligi va ayrim genetik qatlamlar qalinligini o‘rganish bilan tuproqlarning
yuzaga kelishining darajasini va ayrim genetik qatlamlar qalinligini o‘rganish
bilan tuproqqa aylanishining va tuproqning agronomik sifatlarini aniqlash
mumkin.
2.1-2rasmlar. Tuproq kesmasi. Tuproqning morfologik belgilarini o‘rganish.
Tuproqlarning rangi-tusi. Turli tuproq tiplari va tipchalari o‘ziga xos
rang-tusga egadir.Bu tuproqlarning eng muhim tashqi ko‘rinishining
belgilaridir. Tuproq bu belgisi bilan ona jinsdan, genetik qatlamlar esa bir-
biridan aniq farq qiladi. Tuproqlar ko‘pincha tusiga qarab nomlanadi. Masalan,
kashtan tuproq, qizil tuproq, bo‘z tuproq va boshqalar. Tuproqning asosiy rangi
kimyoviy tarkibi va chirindi moddalariga qarab o‘zgaradi. Tuproq tarkibida
gumus miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, uning rangi-tusi shuncha qoramtir bo‘ladi.
Tuproqning rangi-tusini puxta o‘rganish va to‘g‘ri aniqlash bilan undagi
chirindi miqdorini taxminlash mumkin. Gumus 10% dan ko‘p bo‘lsa, tuproq
tim qora, 8-10% bo‘lsa qora, 6-8% bo‘lsa, qoramtir yoki to‘q jigarrang tusda
bo‘ladi. Tuproqda gumus qancha kam bo‘lsa, tuproqning tusi oqish bo‘ladi.
Qizil tusli tuproq tarkibida temir (III)-oksid (Fe2 O3 *nH2O), oq tusli
tuproqda esa kremnezemning va marganes birikmalari borligini unda intensiv
qora nuqtalar paydo bo‘lishidan bilish mumkin.
Tuproqning namligi-quruq, namxush, nam va ho‘l turlariga ajratilgan.
117