Page 113 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 113
Tekis joylar yer yuzida juda kam uchraydi. Dala tekshirish ishlari olib
borilganda notekisliklarga-balandlik, nishablik, tepa, pastlik, past-balandlik
kabi rel’ef ko‘rinishlari bo‘yicha tuproqlar ham o‘zgarib boradi.
Joyning tashqi ko‘rinishiga ko‘ra kategoriyalarga bo‘lib o‘rganilsa,
tuproqqa to‘g‘ri baho berilgan bo‘ladi. Hozirgi vaqtda, joyning o‘zgarishiga
ko‘ra 5 kategoriyaga bo‘lib o‘rganamiz.
1-kategoriyadagi yerlarga cho‘l mintaqasining tekisliklari kiradi, bu
zonada bir xil tipdagi tuproqlar hosil bo‘ladi, tuproq kompleksi 5% atrofida.
2-kategoriyadagi yerlarga cho‘l mintaqasining daryolari atroflaridagi
yerlari, kiradi,tuproq kompleksi 15% ni tashkil etadi. 1-kategoriyali joy 10-25%
ni egallaydi.
3-kategoriyadagi yerlarga cho‘l mintaqasidagi bir-biridan ajralgan turli
rel’efli joylar kiradi. Tuproqlarining hosil bo‘lishidagi ona jinslari turli xil.
Hudud birinchi kategoriya tuproq kompleksi bilan 30-40% ni tashkil etadi.
Bunda 1-2 kategoriyali joylar o‘rmon bilan band bo‘ladi.
4-kategoriya-bunga tog‘ oldi hududlari, daryo bo‘ylari, sohillari kiradi,
ular murakkab tuproqlardir.Tuproq kompleksi 45-60% ni tashkil etadi.
5-kategoriya-tundra,botqoqliklar, sahrolar, tog‘ hududlari kiradi.
Tuproq kesmasiga joy tanlash.
Tuproqlarning kesmasining bo‘linishi: 1.Asosiy kesma (asosiy chuqur);
2.Yarim kesma (yarim chuqur); 3. Kesmacha (chuqurcha).
1.Asosiy kesma tuproqlarning tipini aniqlashda qazilib, u tuproq
qalinligining hammasini o‘z ichiga olishi kerak. Tuproq paydo bo‘lishidagi ona
jinslargacha bo‘lgan tuproq qatlamining chuqurligi kamida 150 sm dan 300 sm
gacha bo‘lishi mumkin (hozirgi vaqtda 10, 15, 20 metr, hatto undan ham
chuqur qazish mumkin). Asosiy kesma rel’efga asosan qazilib, o‘simligi ona
jinsiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
2. Yarim kesma (chuqur) qazishdan maqsad tuproqni tip va tipchalarga
ajratib, ularning chegaralarini aniqlashda xizmat qiladi. Yarim kesmaning
chuqurligi 75-150 sm bo‘ladi. Agar chuqur qazishda o‘zgarishlar ro‘y bersa,
jumladan ona jinsi yoki biron boshqa tipda tuproq bo‘lsa, u holda yarim chuqur,
asosiy chuqurga aylantirilib qaziladi.
3.Kesmacha 50-75 sm (ba’zan 25-50sm) chuqurlikdagi tuproqning
haydalma qatlami va haydalma qatlamdan keying qatlam qazilib, tuproqlarning
tip, tipchalarining tarqalish chegaralarini belgilashda ishlatiladi.
Eng asosiy va muhim ishlardan biri kesmaga joy tanlashdir. Kesmani
shunday joydan qazish kerakki, u atrof omillarining ta’sirini o‘z ichiga olsin.
Kesmani yo‘l yoqasidan, ekinlar ekilgan dala chekkasidan, jar tepasidan,
do‘ngdan, eski kesmadan qazish man etiladi. Agar qiyalik joy bo‘lsa, u holda
qiyalikning uzunligiga qarab asosiy kesma va yarim kesma qaziladi.
Qiyalikning yuqori, o‘rta va etak qismidan qazishga to‘g‘ri keladi. Agar
113