Page 112 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 112

suv,  lupa,  eklimetr,  vizirli  chizg‘ich,  tuproq  parmasi  (bura)  gerbariy  uchun
            tayyorlangan  simto‘r.  Ko‘rsatilganlarni  tayyorlab,fermer  xo‘jalik  territoriyasi
            bilan  tanishib  chiqilgandan  so‘ng  tuproqni  tekshirish  boshlanadi.  Tuproq

            xaritasini chizish va analiz qilish uchun daladan namunalar olinadi Klasterlarda
            va  fermer  xo‘jaliklarida  tuproqlardan  samarali  foydalanishda    tuproq
            xaritalaridagi  ma’lumorlardan,  tuproq  xaritagrammalari  va  agrokimyoviy
            xaritagrammalaridan foydalanilib olib borish lozim. Tuproqni dalada tekshirish
            ishi,asosan,tekshirilmoqchi bo‘lgan joyning tabiiy sharoiti va tuprog‘i haqidagi
            oldingi ma’lumotlari o‘rganib,  joyning topografik asosi, rejasi va tuproqlarning
            tarqalishi joylashini o‘rganib chiqiladi.

                                          Tuproqni dalada tekshirish usuli.
                   Yuqorida  eslatib  o‘tilgan  ko‘rsatmalardan  tashqari,  tuproqni  dalada
            tekshirish vaqtida quyidagilarga e’tibor berish kerak.
                   1. Tekshiriladigan  joy bilan tanishish. 2. Tekshirish yo‘nalishi va tuproq
            kesmasining  soni.  3.  Joyni  kategoriyaga  ajratish.  4.  Tuproq  kesmasiga  joy

            tanlanadi. 5. Kesma (chuqur) qazish texnikasi.
                   Tekshiriladigan  yerni  o‘rganish  uchun  shu  joydagi  tuproq  tiplari  va
            tipchalari  oldingi  ma’lumotlardan  o‘rganilib  chiqiladi.  Tuproqning  ona  jinsi,
            rel’efi,  o‘simligi,  gidrogeologiyasi,  tabiiy  sharoiti  va  uning  tuproq  paydo
            bo‘lishidagi ahamiytini, tuproqlarning tip va tipchalarining  aniq chegaralarini
            aniqlash,  tuproq  dala  xaritasini  chizish,  kameral  ishlarga  ma’lumotlar  yig‘ish
            ishlari bajariladi.
                   Fermer  xo‘jaliklarning  dalalarini  ko‘zdan  kechirish  vaqtida,  joyning

            rel’efi kuzatiladi, tuproqning tipi va tipchalarini ajratish maqsadida 1-2ta kesma
            va kesmachalar qazib ko‘riladi.
                     Tuproqni tekshirish yo‘nalishi va  kesmalar (chuqurlar) soni.
                   Tuproqni  dalada  tekshirish  ishi  kesma  qazishdan  boshlanadi.  Kesma
            qazishdan  oldin,  tuproqni  tip  va  tipchalarga  ajratish  uchun  yo‘nalish  bo‘ylab

            dalani  aylanib  chiqiladi.  Tuproqning  o‘zgarishi  shu  joyning  o‘simligiga,
            ayniqsa, rel’efiga bog‘liq. Shuning uchun dalaga chiqmasdan oldin topografik
            asosni  gorizontallariga  tekshirish  yo‘nalishi  va  kesma  qazish  joyi  taxminan
            belgilab  qo‘yiladi.Tuproq  kesmasi  joyning  rel’efiga  ko‘ra  aniqlanadi,  agar
            o‘simligi,  tuproq  ona  jinsi  (eroziya  tufayli)  va  qishloq  xo‘jalik  tarmog‘i
            o‘zgarib  qolsa,  u  holda  har  bir  o‘zgargan  joydan  kesma  qaziladi.Relefi
            murakkab  va  har  xil  bo‘lgan  joydan  (daryo  vodiylari,  tepalik,  qir,  do‘ng  va

            hokazo)  kesma    qaziladigan yer  shu joyga taaluqli bo‘lishi  shart. Agarda yer
            tekis  bo‘lsa,  bir-biriga  paralell  holda  kesmalar  belgilanadi.  Umuman  joy
            murakkabligiga ko‘ra 1-2; 5; 10-15 ga yerdan 1 ta kesma qaziladi. Dala rel’efi
            tekis  bo‘lsa  (15-20  ga)  kamroq  rel’efi  notekis,  sho‘rlanishi  har  xil  darajada
            bo‘lsa kesma ko‘proq qaziladi. (5-10 ga).
                                              Joyni kategoriyaga ajratish.



                                                           112
   107   108   109   110   111   112   113   114   115   116   117