Page 114 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 114

tekislikda mikrorel’ef  ko‘tarilgan yoki pasaygan bo‘lsa, u holda har ikkalasidan
            asosiy kesma qaziladi.

                   Tuproq  qatlamlarining  tuzilishini  o‘rganish va kesmasi qazish.
                  Tuproq  kesmasini o‘rganishdagi vazifasiga ko‘ra turlari:
                   1. Asosiy kesma (razrez ya’ni  asosiy chuqur).
                   2. Yarim  kesma (yarim chuqurcha).
                   3. Kesmacha (chuqurcha).
                   1.Asosiy kesma tuproq tiplarini o‘rganish uchun qaziladi va bu kesmalar,
            tuproq  qatlamlari  va  tuproq  qalinligi  xilma-xilligini  o‘z  ichiga  olishi  kerak.
            Kesmaning  chuqurligi  tuproq  paydo  qiluvchi  ona  jinslargacha  yoki  suv

            chiqqunicha  qaziladi.  Tuproqlarning  hosil  bo‘lishiga  ko‘ra  150-300
            santimetrgacha qazilishi kerak.
                    2.Yarim  kesmada tuproqlarning tip va tipchalarining chegarasini aniqlash
            uchun qaziladi. Kesmaning chuqurligi tuproq paydo qiluvchi ona jinslargacha
            yoki suv chiqqunicha qaziladi.Kesmaning chuqurligi 75-150 santimetr bo‘lishi

            kerak.
                    3.Kesmacha  (chuqurcha)  50-75  santimetrgacha  (ba’zan  25-50)  qazish
            kerak bo‘ladi.Kesmachada tuproqlarning tarqalish chegaralari o‘rganiladi.
                                       Dalada kesmani qazish texnikasi.
                      Dala  haroitida  kesma  qazish  uchun  talabga  kesmaga  joy  tanlanadi.
            Tuproqning  qatlamlarini    aniqlik  darajasida  o‘rganish  uchun  kesmaning
            uzunligi kamida 150-200sm, ba’zan 300sm, kemaning  eni 70-80sm, kesmaning
            chuqurligi  150-300sm.gacha  qazilishi  mumkin.Asosiy  kesma  va  yarim

            kesmalar  tuproq  paydo  qiluvchi  ona  jinslargacha  yoki  kesmaning  chuqur
            qatlamidan  suv  chiqqunicha  qaziladi.  Kesmaning  bir  tomoni  yani  quyoshga
            qaragan  devor  qismi  tikka  va  silliq  bo‘lishi  kerak,  quyoshga  qarama-qarshi
            tomoni  esa  zinapoyali  qilib  qaziladi.  Kesmaning  quyoshga  qaragan  devorida
            tuproq  qatlamlari  aniq  ajralib  ko‘rinib  turadi.  Tuproqning  yangi  yaralmalari,

            qo‘shilma-lari,  o‘simlik  qoldiqlari,  chuvalchang  va  chumoli  izlari  hamda
            tuproqning namligi aniq ko‘rinib turadi. Kesmaning quyosh tushib turgan silliq
            tomonidan  tuproqning  genetik  qatlamlari  morfologik  (tashqi)  belgilari
            aniqlanib,  har  bir  tuproq  qatlamidan  oldindan  tayyorlab  qo‘yilgan  paketlarga
            tuproq  namunalari  olinib,  har  bir  tuproq  namunasiga  tuproq  namunalarini
            adashtirib  yubormaslik  uchun,  tuproq  solingan  paketlarga  yorliq  yozib
            qo‘yiladi.

                                               Dala kundalik daftari
            Kundalik daftarning tartib raqami
            Tekshiruvchilar (f.i.sh)…………………………………………………………………….......
            Sana (yil,oy,kun)……..…………………………………………………………………….….
            Geografik holat………………………………………………………………………………..
            Rel’ef….…………………………………………………………………………………..……


                                           Mavzu bo‘yicha  nazorat savollari:
                                                           114
   109   110   111   112   113   114   115   116   117   118   119