Page 111 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 111

Tuproqlarning taksonomik birliklariga: tuproq tipi, tuproq tipchasi, tuproq
            avlodi, tuproq turi, tuproq xili, tuproq razryadiga ajratilgan.
            1.Avtomorf tuproqlarga-sizot suvlari 5 metrdan chuqurda joylashgan tuproqlar

            kiradi.
            2.Yarim  gidromorf  tuproqlarga-sizot  suvlari  2-5  metr  chuqurlikda  joylashgan
            tuproqlar kiradi.
            3.Gidromorf  tuproqlarga-sizot  suvlari  0,5-3metr  chuqurlikda  joylashgan
            tuproqlar kiradi.
            4.Sho‘rxoklarga-sizot  suvlari  0,5  metrdan,  5-20  metr  chuqurlikda  joylashgan,
            suvining tarkibi turli tuzlar bilan minerallashgan tuproqlar kiradi.

             5.Sug‘oriladigan  tuproqlarga-yangidan  va  qadimdan  sug‘oriladigan  tuproqlar
            kiradi.























                      1-4 rasmlar. Qishloq xo‘jaligida sug‘orilib,foydalaniladigan yerlar.

                             2. TUPROQLARNING MORFOLOGIK BELGILARI

                     Tuproqlarning morfologik belgilarini o‘rganish uchun dala-kameral ishlar
              olib  boriladi.  Dala-kameral  ishlar  3ta  bosqichda  o‘tkaziladi.  Dala-kameral
              ishlarning yakuni bo‘yicha  hisobot yoziladi va tuproq xaritasi tuziladi.
                    Tuproqni o‘rganishda dala-kameral  ishlar.Tuproqni dalada tekshirish
            ishi,  asosan,  tekshirilmoqchi  bo‘lgan  joyning  tabiiy  sharoiti  va  tuprog‘i
            haqidagi  adabiyotlardan  ma’lumotlarni  to‘la  o‘rganib  chiqishdan  iborat.Shu

            joyning  topografik  asosi,  plani  va  tuproqlarning  sxematik  ro‘yxati  o‘rganib
            chiqiladi.  Tuproqni  dalada  tekshirish  uchun  quyidagi  asboblarni  tayyorlash
            kerak: topografik asos, dala kundalik daftari, tuproq ayirmasi, chuqurni yozish
            uchun maxsus daftar, rangli va oddiy (qora) qalam, o‘chirg‘ich, namuna olish
            uchun qop yoki qog‘oz, kanop yoki yo‘g‘on  ip, ruletka yoki po‘lat metr, o‘tkir
            belkurak,  o‘tkir  qalin  pichoq,  charm  yoki  brezent  sumka,  ryukzak  yoki  qop,

            kompas, bloknot, monolit (100*20*8) va oddiy yashik, burama va oddiy mix,
            otvyorka, bolg‘acha, dala soyaboni, reaktivli yashik (HСl, BaCl2, AgNO3 larning
            10%  li  eritmasi,  fenolftalein),probirka,  voronka,  filtr  va  distillangan


                                                           111
   106   107   108   109   110   111   112   113   114   115   116