Page 108 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 108
10-mavzu. TUPROQLARDA DEGRADATSIYA JARAYONLARI
Degradatsiya-“pastga ketish”, ”tanazzulga uchrash” degan ma’noni
anglatadi.
10.1-4 rasmlar. Tuproq degradsiyasining ko‘rinishlari.
Tuproqlarda yuzaga keladigan degradatsiyaning turlari:
Fizik-mexanik degradatsiyada–tuproqning tarkibi o‘zgaradi,
tuproqning qatlami zichlashib, xossalari yomonlashib, suv, havo va issiqlik
rejimlari buziladi.
Fizik-kimyoviy degradatsiyada–tuproqda yuz beradigan kimyoviy
jarayonlar, tuproqning singdirish sig‘imi, tuproqning pH muxiti, tuproqda
kechadigan turli xil kimyoviy reaksiyalarning borishi buzilib, natijada
tuproqning xossalari o‘zgarib, tuproqning potensiali, makro va
mikroelementlar tarkibi, o‘simliklarning o‘sib, rivojlanishida kerakli bo‘lgan
turli xildagi elementlarning o‘zgarib ketishiga olib keladi.
Biologik va biokimyoviy degradatsiyada–tuproqdagi organik moddalar
kamayib, o‘zgarib, ularning sifati buziladi hamda tuproqdagi turli
organizmlarning turlari va faolligi susayib, ularning faoliyat yomonlashadi.
Tuproqlarda yuz beradigan degradatsiyaning shakllari
-Tuproqning cho‘llanishi va o‘rmonlarni kesib, yo‘q qilib yuborish;
-Tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishi, tuproqlarning ortiqcha namlanish;
-Tog‘li va tog‘ oldi regionlarida qor-yomg‘ir suvlarining qiyaliklardan jadallik
bilan oqishi va sug‘orishdagi xatoliklar natijasida yuz beradigan eroziya;
-Deflyatsiya, chorvachilik jadal rivojlangan xududlardagi yaylovlar
degressiyasi;
-Yerlarning qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida o‘zlashtirilishi natijasida
texnogen cho‘llanish;
108