Page 103 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 103

jihatdan keng tarqalmagan. Tuproqning yuqori qatlamida CO2 karbonatlar tekis
            tarqalgan bo‘lib, o‘rtacha 7,5%, pastki qatlamlarda esa 12,6% ni tashkil etadi.


                                    FARG‘ONA VODIYSI  TOG‘  TUPROQLARI
                      Tog‘  va  tog‘  oldi  tuproqlarining  iqlim  o‘zgarishi  integral  ko‘rsatkich
            bo‘lib,  Farg‘ona  vodiysi  tog‘  va  tog‘  oldi  o‘zining  arid  va  gumid,  yarim
            gumidligi bilan farq qiladi, hamda  o‘ziga xos xududiy tuproq-ekologik holati
            bo‘yicha  tabiiy va antropogen o‘zgarishlarga uchragan.

                     Farg‘ona vodiysi. O‘rta Osiyoning janubiy-sharqida, Sirdaryoning yuqori
            oqimida, Moqiltoq, Qurama, Qoramozor, Chotqol, Farg‘ona, O‘toynoq, Pomir-
            Oloy va Tyan-Shan  tog‘lari orasida joylashgan tektonik botiqdan iborat bolib,
            faqat  g‘arb  tomonida  torgina  (9-40  km)  «Farg‘ona»  va  «Xo‘jand»  darvozasi
            orqali Dalvarzin va Mirzacho‘l tekisliklari bilan tutashgan. Maydoni 79,7 ming
            km .  Farg‘ona  vodiysi  xududining  mutlaq  balandligi  markazida  330  metrdan
                2
            janubida  5000-6000  metrgacha  yetadi.  Vodiy  markaziga  tomon  va  sharqdan

            g‘arbga tomon nishablik,sersuv daryolar boshlanadi (Norin, Chu va boshqalar).
                     Markaziy  Tyan-Shanning  o‘simlik  qoplamida  cho‘l  va  dashtlarning
            kserofit  o‘simlik turlari 3000-3500 metr balandlikda ko‘proq uchraydi. 1800-
            2300  metr  balandlikda  to‘g‘  qoramtir    tuproqlari,  atroflarida  tog‘-  dasht
            tuproqlari, subalp va alp o‘tloqlarida tog‘ o‘tloqi-dasht tuproqlari tarqalgan.
                     O‘rmonlar  xududning  2  %  ini  egallaydi.  Butazorlar  kamroq.  Markaziy

            Tyan-Shanda chala cho‘l mintaqasi joyiga qarab 800-1100 metrdan 2100-2300
            metrgacha  bo‘lgan  yerlarda  uchraydi.    Qo‘riq  va  o‘tloqi-tog‘  dashtlari  1800-
            1900 metrdan 2600-2900 metrgacha balandlikda; subalp va alp o‘tloqlari 2500-
            3500-3700  metrgacha  balandlikda,  sovuq  tog‘  sahrosi  3100-4000  metrgacha
            balandlikda va  muzliklar 3800 metrdan balandlikda joylashgan.
                     Markaziy  Tyan-Shan  tog‘i  suv    resurslariga,  tabiiy  o‘tloqzorlarga  boy.
            Yaylovlaridan  yil  bo‘yi  foydalaniladi.  Tog‘    yonbag‘irlarida  bahorikor

            dehqonchilik rivojlangan. Paleozoy erasida tektonik botiq sifatida tarkib topgan.
            Vodiyda  quruqlik  hamma  yerda  bir  vaqtda  paydo  bo‘lmagan.  O‘rab  turgan
            tog‘larda quruqlikning paydo bo‘lish jarayoni paleozoyda, adirlari mezazoyda
            boshlangan,  vodiyning  tekislik  qismi  antropogenda  quruqlikka  aylangan.
            Adirlar  zaminida  Bo‘r  davri  jinslari  uchrasa,  vodiyning  markaziy  qismida
            asosan  allyuvial-prolyuvial  jinslar,  ko‘l,    botqoqlik  yotqiziqlari-qum,  gil,

            qumoq, qum va toshlar  asosiy  o‘rinni egallaydi. Farg‘ona vodiysi  quruqlikka
            aylangach,  allyuvial-prollyuvial  yotqiziqlar  shamol  tasirida  to‘zib,  ko‘chma
            qumlar  hosil  bo‘lgan.Vodiyda  mezazoy  erasida  sayoz  dengiz  suvi  va
            botqoqliklar  mavjud  bo‘lib,  atrofida  qalin  o‘rmonzorlar  bo‘lgan.So‘ngra  bu
            o‘simliklar qoldiqlaridan ko‘mir qatlamlari vujudga kelgan. Paleogen davridagi
            suv  havzalarida  yashagan  turli  organizmlarining  qoldiqlaridan  neft,  gaz,
            vujudga kelgan. Cho‘kindi jinslar bilan bog‘liq holda vodiyda oltingugurt, tog‘

            mumi    yani  ozekerit  ham  paydo  bo‘lgan.  Janubida  100  dan  ortiq  simob  va

                                                           103
   98   99   100   101   102   103   104   105   106   107   108