Page 99 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 99
kimyoviy tarkibi jihatidan, xo‘jalik va iste’mol maqsadida ishlatishga
yaroqlidir. Yer osti suvlarining oziqlanish manbai paleozoy davrida hosil
bo‘lgan yer osti oqimidir. Bunda yog‘ingarchiliklar ulushi kamroq ahamiyatga
ega. Janubiy va g‘apbiy chekkalardan, ya’ni tog‘ tarafdan kelgan oqim juda
kam. Yer osti suvlarining ko‘p qismi ichish va sug‘orish uchun yaroqli. Faqat
Orasoy xavzasining uzoq g‘arbida ba’zi chuqurliklarda yer osti suvlarining
minerallashuvi 3,0 g/l. ga ko‘tarilgan va shunga qaramay bu suvlar foydalanish
uchun yaroqli hisoblanadi.
Iqlimi. Markaziy Osiyoning katta qismi hozirgacha radiatsiya tartibi va
harorat sharoitlariga ko‘ra mo‘tadil cho‘l mintaqasiga kirgan. Bu hududni
Turon iqlim provinsiyasiga kiritilgan.
Nurota tumanining iqlim sharoiti kontinental cho‘l mintaqasiga xosdir. Bu
yer iqlimining o‘ziga xos kontinentalligi qish-bahor oylarining yarmida
yog‘inlarniig asosiy qismining yog‘ib o‘tishidadir. Bunday keskin farq qilish
natijasida ikki turli xil metereologik tartiblar: sovuq va issiq yarim yillik
tartiblari mavjud. Havoning kunduzgi nisbiy namligi past bo‘lib, kechasi
shudring tushishi va tuproqda namlikning kondensatsiyasi yuz beradi. Yozgi
mavsumda yog‘ingarchilikning deyarli bo‘lmasligi, yuqori harorat va havo
bosimining nisbatan pastligi bilan ajralib turadi. Bu hol o‘zaro keskin farq
qiluvchi ikkita: bahorgi-mezotermik va yozgi-kserotsrmik vegetatsiya
fazalariga bo‘linadi. Yog‘ingarchiliklarning asosiy qismi bahorgi davrda va bir
oz qismi yoz oylarida yog‘ib o‘tadi. Ko‘p yillik ma’lumotlar bo‘yicha
yog‘ingarchilikning umumiy miqdori 206 mm, ba’zi yillarda 158 mm.dan
293mm orasida o‘zgarib turadi. Havoning nisbiy namligi sovuq davrda 70-74
%, yozgi davrda, ayniqsa, iyulda 35,2 % gacha tushib ketadi.
N.N.Ivanov formulasi asosida bug‘lanish miqdori mm.da hisoblanadi
(erkin suv yuzasidagi bug‘lanish). Uning eng katta ko‘rsatkichi-324,6 mm iyul
oyiga to‘g‘ri keladi. Qishki davrda qor yog‘ib, «haqiqiy qish» 21 kun davom
etadi. Qor qoplami dekabrning ikkinchi yarmida yog‘adi. Qor qoplamining erib
ketishi o‘rtacha ko‘p yillik kun sanasi 7 martga to‘g‘ri keladi.
Qishki davrda tezligi 1,0dan 2,8 m/sek. gacha bo‘lgan janubiy va janubiy-
g‘arbiy shamollar hukmronlik qiladi. Yozda tezligi 1,5 day 3,2 m/sek gacha
bo‘lgan shimoli-sharqiy yo‘nalishdagi shamollar soni ko‘prokdir. Eng kuchli
shamollar yilning yozgi va kuzgi davrida kuzatiladi. Chang bo‘ronlari iyun,
avgust va oktyabr oylarida 2 marotaba kuzatiladi. Mart, aprel, may, iyun va
noyabr oylarida esa shamollar 1-2 marta bo‘ladi. Tezligi 15 m/sek dan oshuvchi
kuchli shamolli kunlarning soni yiliga 10 kunni tashkil etib, ular ko‘proq dekabr
va yanvarda bir oz kamroq, iyun va avgust oylarida bo‘lib turadi. O‘rtacha
haroratli kunlarning soni 158-219 kun atrofida o‘zgarib turadi. Yilning eng
issiq oylari iyun, iyul, avgust bo‘lib, bu davrda xavoning o‘rtacha kunlik
harorati 27-28°C ga etadi. Yozdagi maksimal harorat +43°C ga teng. Minimal
0
0
harorat esa + 8 +9 C gacha tushib ketadi. Yilning eng sovuq oylari dekabr,
99