Page 98 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 98
g‘arbda 649 metr balandlikka ega. Rel’efning o‘rta qismi Oqtog‘ning tizmasi
va tarmoqlari bilan ko‘tarilgan. Shimoliy-g‘arbda rel’ef pasayadi. G‘arbiy
qiyaliklar tarmoqli rel’ef sifatida keladi. Shimoliy-g‘arbda u tekislikka o‘tib
ketadi. Sharqiy tarmoq uzuk-uzuk bo‘lib, ba’zi joylarda bahordagi yomg‘ir
suvlarini olib keluvchi soylar bilan kesib o‘tilgan, ba’zi joylarda esa o‘tkir
cho‘qqili va irmoqli rel’efga ega. Janubiy-sharqda balandlik 669metr, shimolda
tarmoq ham pasayib, tekkislikka o‘tib ketadi. Balandliklar farqi 135 metr.
Sharqda tepaliklar bilan qoplangan lalmikor yerlardan, haydaladigan
maydonlardan iborat tekislik mavjud. Janubiy-g‘arbda eng katta balandlik
651metr, shimolda esa u 460metrgacha pasayadi. Pashot tog‘lari shimolda
tikka, ba’zi joylarda tik jarli yon bag‘irlarga, janubda esa qiyaroq
yonbag‘irlarga ega. Tik qiyaliklar 200-250 metr uzunlikka ega. Tog‘larning
balandlik belgilari markaziy qismida 618 metrgacha, g‘arb va sharqda esa 478
metrdan 488metrgacha pasayadi.
Beshinchi geomorfologik hudud tog‘ yonbag‘irlaridagi past-baland
(egri-bugri) tekislik bo‘lib, uning g‘arbiy qismiga yassilangan-Orasoy tabiiy
chegaradir. Bu hudud litologik tuzilishi va rel’ef lari bo‘yicha qat’iy qiyalikka
ega bo‘lmagan tekislikdir. Dengiz sathidan balandligi shimolda 403,8metr,
janubda 535,4metni tashkil qiladi. Tekislik chuqurligi katta bo‘lmagan jarliklar
va soylarni, janubdan shimolga va sharqdan g‘arbga Enasoy va Duloxsoylarniig
o‘zani kesib o‘tadi.
Gidrografiyasi va gidrogeologik sharoitlari. Bu hudud yer usti va yer
osti suvlariga juda kambag‘al bo‘lib, bu yerda asosan mavsumiy xarakterga ega
mayda suv oqimlarni kuzatish mumkin. Eng katta tabiiy suv oqimi Orasoydir.
U Oqtoshing jaiubiy yonbag‘irlaridan boshlanib, bugun Orasoy tekisligi
bo‘ylab shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda oqadi. Soy doimiy buloq suvlardan
oziqlanib, qish va bahorda vaqtinchalik yomg‘ir va qor sualari hisobiga to‘lib
toshadi. Yog‘inlar mavsumida Orasoyda turli quvvatdagi kuchli oqimlar paydo
bo‘ladi. Soy suvlariming ustki oqimi faqatgina uning yuqori qismida, irmoqlari
esa, chap-Bitiqsoy va o‘ng Bitiqsoylarda kuzatiladi. Bitiqsoy suv sarfi bir
soniyada bir necha kub metrni tashkil etib, yoz chillasi davrida eski
qishlog‘igacha yetib boradi va aholining tomorqa yerlarini sug‘orishga
ishlatiladi.Sun’iy suv oqimlari orasida davlat xo‘jaligining janubiy-g‘arbiy
qismida rivojlangan korizlarni ta’kidlab o‘tish zarur. O‘rganilayotgai hudud
chegaralarida yer osti suvlari tog‘lardagi buloklar sifatida oqib chiqadi va
tekislikda quduqlar, quvurlar va korizlar orqali chiqarib olinadi.Dehbaland
qishlog‘ining shimoliy chegarasida joylashgan buloq suvi turli kimyoviy
tarkibga ega bo‘lgan ikki jinsli litologik qatlamlardan iborat. Ulardan biri
buloqning ostki qismida joylashgan bo‘lib, suv o‘tkazmaydi. Tog‘li
hudullarning yer osti suvlarining asosiy manbai yog‘inlardir. Tabiiy yog‘inlar
tog‘ jinslarining orasidan ichkariga suv o‘tmas qatlamlargacha singadi, so‘ngra
turli yoriq va darzlardan tekisliklarda buloq bo‘lib chiqadi. Buloq suvlari
98