Page 97 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 97
balandliklarni egallab, sharqda 1100 metr, markazda 1178,3 metr va g‘arbda
867,6 metr ni tashkil qiladi. Hududning uchdan bir qismi asosiy – tub
jinslardan, katta qismi to‘rtlamchi davr qatlamlaridan iborat. To‘rtlamchi davr
qatlamlari o‘rtacha qumloqlardan, ba’zi joylarda qalinligi 20 metrdan 150
metrgacha bo‘lgan og‘ir va yengil qumloqlardan iborat. Yuza qismida va
profilda turli kattalikdagi shag‘allar mavjud. Shuning uchun tuproqlar o‘rta va
ko‘p shag‘alli, ba’zi joylarda dag‘al sksletli. Har bir emirilgan asosiy jins va
qisman prollyuvial qumloqli qatlamlar tuproq hosil qiluvchi jins bo‘lib xizmat
qiladi. Geomorfologik hududlarda tuproq hosil qiluvchi jipslar karbonatlarga
boy. Kimyoviy taxlillar natijasiga ko‘ra, ularda 10-17% miqdorda karbonatlar
C02 mavjud. Shu bilan bir qatorda karbonati kam yer maydonlari ham uchrab
turadi. Bu holat tuproqlarning ishqorsizlanganligidan dalolat beradi.
Tuproqlarda va tuproq hosil qiluvchi ona jinslarda suvda eriydigan tuzlar
miqdori juda kam uchraydi.
Uchinchi geomorfologik hudud Qoratog‘ning tog‘ oldi qiyaligi, tuzilishi
bo‘yicha 2 qismga bo‘linadi. Sharqiy qismi kattaroq bo‘lib, Qoratog‘ past
tog‘larining shleyfi hisoblanadi. Ular sharqda Oqtog‘ past tog‘lari bilan,
shimolda Botiqsoy bilan chegaradosh va tog‘oldi rel’efi baland-past, turli xil
qalinlikdagi sariq tuproq qatlamlardan iborat. Tizmalar shimoliy va shimoli-
g‘arbiy yo‘nalishga ega. Janubda 900 metr. shimolda 650metr balandlik tog‘
tizmalari asosan shimoldan g‘arbga tomon cho‘zilgan, ekspozitsiyasi asosan
g‘arbiy va sharqiy yo‘nalishga ega. Sharqiy yonbag‘irlari yassiroq, g‘arbiy
yonbag‘irlari esa tikroqdir. Yonbag‘irlarning g‘arbga cho‘zilganligi 100-125
metr, sharq tomoni esa 200-250 metr. Tog‘larda soylar, jarliklar asosan
simmetrik, ba’zida esa assimmetrik joylashgan. Tog‘ oldi nishablik soy va
jarliklar bilan ajralgan bo‘lib, janubda 857 metr balandlikka, shimolda esa 600
metr balandlikka ega. Qoratog‘ past tog‘larining adirlarga o‘tishidagi balandligi
dengiz sathidan 500-800 metrdan baland, rel’efi tepaliklar bilan qoplangan,
so‘ngra tepalikli o‘nqir-cho‘nqirli va 1,7-2,2 km. dan so‘ng shimolga tomon
qiyaligi asta-sekin yassilanib boradi. Hududning bu qismi rel’efining
farqlanuvchi xususiyati uning uzunligi va torligidir, ba’zi joylarda esa uzuk-
uzuk kam suvli jarliklar bilan ajralganligidir.
To‘rtinchi geomorfologik hudud -Nurota tumani xududining katta
qismini tashkil etib, ularga Oqtog‘ va Pashot past tog‘lariniig tog‘oldi
yo‘nbag‘irlaridagi tekisliklar kiradi. Butun hudud bo‘ylab Oqtog‘ning past
tog‘lari va tarmoqlari cho‘zilgan, shimolda va shimoliy-sharqda past o‘tkir
cho‘qqili Pashot tog‘lari tepaliklari joylashgan.Hududning janubiy-g‘arbiy
tomonidagi chegarasi Bitiqsoy, Yarasoydir, shimolda Pashot tog‘larining
yonbag‘irlari, sharqda past va baland tepaliklar lalmikor yerlar bor, tekisliklar
va janubiy-sharqda Oqtog‘ning past tog‘lari cho‘zilgan tekisliklarlarlan iborat.
Bu hududning janubiy qismidagi tepaliklar bilan qoplangan tekisliklar
Oqtog‘ning past tog‘larining ba’zi tizmalari janubiy-sharqda 953 metr, shimoli-
97