Page 96 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 96
Litologik tuzilishi va rel’efining xilma-xilligini hisobga olgan xolda Nurota
tumanida 5 ta geomorfologik hudud ajratilgan:
1. Oqtog‘ o‘rta tog‘lari.
2. Qoratog‘ va Oqtog‘ past tog‘lari.
3. Qoratog‘ tog‘larining tog‘oldi yonbag‘irlari.
4.Oqtog‘ va Pashot past tog‘lari va shu tarmoqlarining tog‘ oldi qiya
tekisliklari.
5. Tog‘ etagi keng to‘lqinli tekislik.
Birinchi geomorfologik hudud-Oqtog‘ o‘rta tog‘lari Nurota davlat
xo‘jaligining janubi-sharqiy qismining eng chekkasida joylashgan. Oqtog‘
tog‘lari janubiy-sharqdan shimoliy-sharqqa tomon cho‘zilgan. Bu hudud
yuzasining balandliklari 935metr gacha pasayadi. Shimoliy tomondan
F.Xo‘jaev nomli xo‘jaligi markazidan g‘arbga Baxiltog‘ tizmasi cho‘zilgan
bo‘lib, uning baland nuqtasi 1855,3metr. Tizma tarmoqlarining yo‘nalishlari
shimoliy-g‘arbiy, shimol, ba’zi joylarida esa g‘arb tomonga yo‘nalgan,
balandlik belgilari dengiz sathidan 981,2metr. gacha pasaygan maydonni
egallaydi. Baxiltog‘ tog‘lari yalang holatda asosiy jinslar bilan ifodalangan
bo‘lib, ularda mayda tuproq mavjud emas. Yonbag‘irlari jarli, ba’zi joylarda
cho‘qqili yonbag‘irlarning balandligi turli xil 150metrdan 450metrgacha.
Oqtog‘ va Baxiltog‘ tog‘lari asosan toshloq jinslardan tashkil topganligi uchun
o‘simlik bilan juda kam qoplangan bo‘lib, ular faqat tog‘ yonbag‘irlarning
pastki qismi va jarliklaridagina uchraydi. Bitoqsoy o‘zanigacha yondashgan
joylarda o‘simliklardan uvoq, kovil va boshqa o‘simliklar qoplami 30% dan
50% gacha tashkil qiladi. Shunga muvofiq tuproq hosil bo‘lish jarayopi to‘liq
shakllanmagan va rivojlanishning boshlang‘ich bosqichidaligini ko‘rish
mumkin. Tuproqlar shakalli, dag‘al skeletli suv eroziyasi tosh va shag‘allar
rel’efining pastlik joylariga yuvilishiga hamda asosiy jinslar ustki
qatlamlarining fizik-kimyoviy emiriliishning kuchaygan darajadagi jarayonini
keltirib chiqaradi. Qiyaliklarning bir qismi toshli to‘shalma bilan qoplangan.
Jinslari qumtosh va slanetslar bilan to‘shalgan. Oqtog‘ning o‘rta qismi ohaktosh
va marmardan tashkil topgan.Asosiy jinslarni sinib turuvchi mayda tuproqlar
qatlami yonbag‘irlar yuzasida paydo bo‘lib, qiyalikning pastki qismida uning
qalinligi ortadi.
Bitoqsoy o‘zaniga yaqin joylarda ularning qalinligi 100 metrgacha yetadi,
loy o‘zani esa dag‘al skelstli mayda tuproqning qalin qoplamidan tashkil
topgan. Prollyuvial-elyuvial qatlam yotqiziqlar tuproq paydo qiluvchi jinslar
hisoblanadi.
Ikkinchi geomorfologik hududga Qoratog‘ va Oqtog‘ past tog‘lari
kiradi. Hudud shimoldan g‘arbga tomon cho‘zilgan bo‘lib, shimoliy qismi
Oqtog‘ past tog‘laridan, g‘arbiy qismi esa Qoratog‘ tizmasidan tashkil topgan.
Uning asosiy qismi xo‘jalik hududi tashqarisiga chiqib ketadi. Oqtog‘ sharqda
1200metr va g‘arbda 950 metr balandlikka ega. Qoratog‘ ham deyarli shunday
96