Page 102 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 102
uchratish mumkin. Bu tuproqlar odatda serkarbonatli bo‘lib, ular mog‘op, oq
nuktalar va qattiq birikmalar («karbonat birikmalari») ko‘rinishda to‘planadi.
Tog‘ jigarrang tuproqlarning morfologik belgilari. 51-kesmaning umumiy
morfologik taxlili. L.Tursunov, X. Kungirov, 21 may 2006yil . Qiyalikning
pastki qismi, qo‘riq yer, Oqtog‘ning janubiy-sharqiy qismi, qiyaligi 8-10°,
o‘simligi sho‘ra va yalpiz bilan qoplangan, tuproq hosil qiluvchi jinslar elyuviy
va prollyuviy yotqiziqlardan iborat.
To‘q-kulrang, quruq, o‘rta qumoq, kesaksimon donador, kuchli
chimlangan, kuchsiz shag‘allangan, g‘ovaksimon, keyingi qatlamga o‘tish
rangi-tusi bilan. To‘q-kulrang, kuchsiz qo‘ng‘ir dogli, o‘rta qumoq, mayda
kesaksimon, zich, kam chimlangan, kuchsiz shag‘allangan, keyingi qatlamga
rangi bo‘yicha sekin o‘tadi. Kulrang-qo‘ng‘ir, o‘rta qumoq, kuchsiz
ildizlashgan, birmuncha zichlangan, kesaksimon-donsimon-changsimon.
Karbonatlar mog‘or konkrensiya shakllarida uchraydi. Shag‘al ko‘p miqdorda
uchraydi, keyingi qatlamga karbonatlarning keskin ko‘pligi bilan o‘tadi. Kul
rang, quruq, o‘rta qumoq, zich, g‘ovaksimon, karbonatlar mog‘or va
konkrensiya shaklida kuchsiz ifodalangan-mergellashgan qatlami shag‘alli,
pastga tomon och rang 88sm. dan chuqurda kuchli shag‘alli qatlam boshlanadi.
Tog‘ jigarrang tuproqlarning mexanik tarkibi va mikroagregat
tarkiblarining shakllanishida tog‘li o‘lkalarning rel’efi katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham bu tuproqlarning genetik qatlamlarida bir xil mexanik
tarkibli yoki qat-qat o‘ta skeletli (shag‘alli) yotqiziqlar to‘planadi.
Nurota tog‘laridagi jigarrang tuproqlar asosan engil va o‘rta qumoqli,
ayrim hollarda og‘ir qumoq mexanik tarkibga ega. Toshlilik barcha mexanik
tarkib uchun xos bo‘lib, janubiy, janubiy-sharqiy qiyaliklar o‘ta sertoshliligi bi-
lan ajralib turadi. Mexanik zarrachalardan mayda qum (0,1-0,05 mm), yirik
chang (0,05-0,01 mm) ko‘p, ularning o‘rtacha miqdori 45-56,5%, eng mayda
zarracha il (<0,001 mm) miqdori esa 8-20% atrofida.Tuproqlarning vertikal
profilida illyuvial qatlamni deyarli ajratib bo‘lmaydi. Buning asosiy sababi
yog‘inlarning kamligi sababli tuproq mineral qismining ichki nurash jarayoniga
juda sekin uchrayotganligidir.
Tog‘ jigarrang tuproqlar quyidagi agrokimyoviy xossalarga ega: chimli
qatlam bu tuproqlarda tog‘ qiyaliklarida rivojlanish sharoitiga qarab-25 sm dan
50 (70) sm gacha qalinlikda. Chirindi miqdori chimli qatlamda 2,2-3,1%, chim
osti qatlamida esa 1,5-2,4% gacha to‘planadi. Nurota tog‘lari jigarrang
tuproqlarida Chotqol, Zomin va Hisor tog‘i jigarrang tuproqlaridagi gumusning
1,4-2,0 martagacha kamligi kuzatilgan. Buning asosiy sababi, yoginlarning
kamligi, o‘simlik qoplamining siyrakligidir. CO2 karbonatlarining miqdori 6-
10% gacha bo‘lib, ularning eng ko‘p miqdori tuproq qatlamining o‘rta qismiga
to‘g‘ri keladi. Bu hududda ishqorsizlangan tog‘ jigarrang tuproqlar
qiyaliklarning shimoliy qismida kichik orolchalar ko‘rinishida uchraydi.
Boshqa tog‘li hududlar singari Nurota tog‘larida ham bu tuproqlar geografik
102