Page 104 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 104

surma konlari aniqlangan. Farg‘ona vodiysining rel’efi o‘ziga xos bo‘lib, uning
            zonalligidir.  Bu  yerda  baland  tog‘,  tog‘  oldi-adirlari  va  markaziy  tekislik
            zonalari  mavjud.  Tog‘  oldi  zonasi  adirlar,  yoyilma  konuslari,  adir  orti

            yoyilmalararo  pastliklar,  Qoradaryo  va  Sirdaryoning  allyuvial  qayirlari  kabi
            qismdarga  bo‘linadi.  Botiqni  yoy  shaklida  o‘rab  turgan  adirlarning  mutlaq
            balanddigi  600-1200  metrni  tashkil  etadi.  Sirdaryo  vodiyni  2  ta  assimetrik
            qismga:  shimoliy  va  janubiyga  bo‘lib  turadi.  Shimoliy  Farg‘onada  tog‘  oldi
            tekisligi juda ham ensiz, qayir umuman yo‘q.
                   Iqlimi yozning quruq, davomli issiq, qishining mo‘tadil bo‘lishi bilan biroz
            farq  qiladi.  Qishda  tog‘lardan  esadigan  sovuq  havo  Farg‘ona  botig‘ining

            markazida  to‘planib  qoladi  va  yanvarning  o‘rtacha  ko‘p  yillik  haroratining
            pastroq  bo‘lishiga  (-3°)  olib  keladi.  Ba’zida  qishda  shimoldan  va  shimoliy-
            sharqdan esayotgan sovuq havo tog‘larni oshib  o‘tib, vodiyda havo haroratini
            juda  pasaytirib  yuboradi  va  yanvarda  mutlaq  harorat  -30°  -31°  darajagacha
            pasayadi. Vodiyda bahor qisqa, ob-havo, tez-tez o‘zgarib turadi, yillik yog‘in

            miqdorining  30%  dan  ortig‘i  shu  faslda  yog‘adi.  Oxirgi  sovuq  birinchi
            aprelgacha davom etadi. Bahorda ayniqsa uning oxirida kuchli shamollar esib,
            jala  va  do‘l  yog‘ishi  kuzatiladi.  Yozi  issiq  va  uzoq  davom  etadi.  Iyulning
            o‘rtacha  yillik  harorati  +26°    +27°,    eng  yuqori  harorat  +40°,  +42°  C.
            O‘simliklarning vegetatsiya davri 235-210 kun, harorat +10°dan yuqori bo‘lgan
            davrdagi  o‘rtacha  haroratlar  yig‘indisi  4400-4800°  C  ni  tashkil  etadi.  Havo
            harorati sezilarli pasayib,yog‘in-sochin ko‘p yog‘adi.
                    Kuzning  ikkinchi  yarmidan  havo  harorati  keskin  pasayadi  va  birinchi

            kuzgi sovuq boshlanadi. Vodiyning tekislik qismida yoqin miqori 98-226 mm.
            bo‘lib, nam havo massalariga Farg‘ona tizmasida 1000 mm. gacha etadi. Yillik
            yog‘in miqdorining 10 -16% yozda, 36 % qishda, qolgan qismi bahor va kuz
            oylariga tog‘ri keladi. Qo‘qon shamoli oktyabr oyidan mart oyigacha ko‘p esib
            turadi.  Shamol  qishda  vodiyning  ayniqsa  sovub  ketishi  natijasida  antitsiklon

            bo‘lib, g‘arbda, Mirzacho‘lda siklon turganda kuchayadi va vodiydan g‘arbga
            qarab  15-20  m/`sek  tezlikda  esadi.Bahor  va  kuz  oylarida  esa  Mirzacho‘ldan
            Farg‘ona  vodiysiga  esgan  shamol  25  m/sek  ga  etadi.    Norin,  Qoradaryo  va
            Sirdaryo.  Norin  daryosi  Markaziy  Tyan-Shan  tog‘laridan  oquvchi  Kichik  va
            Katta  Norinning  qo‘shilnshidan  vujudga  keladi.  U  qor  va  muzlarning  erigan
            suvlari  bilan  to‘ladi.  Qoradaryo  Farg‘ona    va  Oloy  tog‘laridan  boshlanuvchi
            To‘r  va  Qoraqulja  daryolarining  qoshilishidan  hosil  bo‘ladi,  qor  va

            muzliklarning  erishidan  to‘yinadi.      Daryolarning  oqimi  suv  omborlari
            qurilgandan keyin ancha o‘zgardi. Sirdaryo Norin va Qoradaryoning Baliqchi
            qishlog‘i  yaqinida  qo‘shilishdan  vujudga  kelib,  300  km  qismi  Farg‘ona
            vodiysidan  oqib  o‘tadi.  Farg‘ona  vodiysini  o‘rab  turgan  tog‘lardan  oqib
            tushadigan  juda  ko‘p  soy  va  daryolarning  suvi  sug‘orishga  sarflanishi  tufayli
            Sirdaryoga etib kela olmaydi. Farg‘ona vodiysida 60 ta ko‘l bo‘lib, shulardan

            30 tasi 2500 metr mutlaq balandlikdan yuqorida joylashgan.
                                                           104
   99   100   101   102   103   104   105   106   107   108   109