Page 105 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 105
Vodiyda suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun bir qancha suv
omborlari, kanallar qurilgan. Juda katta yer osti suvi zahiralariga ega, ular turli
jinslar orasida qatlam- qatlam bo‘lib joylashgan, unda yer osti suvlarining
3
dinamik zahirasi katta bo‘lib, sekundiga 257 m ni tashkil etadi. Vodiyda 1500-
3000 metr chuqurlikdan harorati +40+45°C bo‘lgan issiq mineral suvlar
chiqadi.Tabiiy holatdagi tuproqlarini Markaziy Farg‘onadagi Qoraqalpoq
dashtida, adir mintaqasida va tog‘larda uchratish mumkin. Vodiy tuproqlari
balandlik mintaqalarini hosil qilib, asosan uning tekislik qismidan suv
ayirg‘qichga tomon quyidagi tartibda joylashgan: Sirdaryo qayirida va boshqa
daryolar qayirlarida sur qo‘ng‘ir, cho‘l-qumli, shortob, allyuvial-o‘tloq va
botqoq tuproqlar; adir va adir etagi tekisliklarida bo‘z tuproqlar; o‘rtacha
balandlikdagi tog‘larda jigarrang va qo‘ng‘ir-tog‘ ormon tuproqlari; baland
o‘tloqi dashtlarida och tusli-qo‘ng‘ir tuproqlar tarkib topgan.Tabiati o‘simlik
qoplamining shakllanishiga va uning turlarga bir muncha boy bo‘lishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatgan. Vodiyda balandlik o‘simlik mintaqalari cho‘l, adir-tog‘-
yaylov ko‘zga yaqqol tashlanadi. Vodiyning markaziy qismini egallagan cho‘l
mintaqasida o‘simlik qoplami tabiiy holda juda kam saqlanib qolgan, asosan
efemerlar uchraydi. 600-1200 metr balandliklarda adir mintaqasi joylashgan. U
cho‘lga nisbatan o‘simlikka ancha boy. Bularni 2 tipga- efemerlar va tog‘
dashtlari, savannalariga bo‘lish mumkin. Tog‘ mintaqasi 1200-1300 metrdan
2800 metrgacha bo‘lgan oraliqda yaxshi rivojlangan. Bu mintaqada shablyak,
archazor va bargini to‘kadigan tog‘ o‘rmonlari va butazorlar mavjud. Yaylov
mintaqasi 2700-2800 metrdan doimiy qorliklar va muzliklargacha oraliqda
bo‘lib, uning quyi qismini subalp, yuqori qismini alp o‘tloqlari egallagan.
8.23-24 rasmlar.Vodiy.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1.O‘zbekiston Respublikasidagi qanday tog‘ tizmalarini va tog‘larni bilasiz?
2.O‘zbekiston ning tog‘li zonasi tuproqlarining tip va tipchalari?
3. Chotqol tog‘ining geografik joylashishi va tuproq paydo qiluvchi omillari?
4.Chotqol tog‘ining to‘q tusli bo‘z va jigarrang tuproqlari va xossalari?
5. Jigarrang tuproqlarning hajm og‘irligi va gumus miqdori qancha?
6. Qora-qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon mintaqasining geografik joylashishi?
7. Balandlikka ko‘tarilgan sari har 100m.da harorat qanchaga pasayadi?
8. Qora-qo‘ng‘ir tog‘ tuproqlarining o‘ziga xos xususiyatlari?
105