Page 121 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 121
Р
d 1=
V
d1- tuproqning hajm og‘irligi, P- silindrdagi tuproqning sof o‘irligi, g-
3
3
hisobida, v- silindrning hajmi, sm hisobida.Masalan, P-145 g,V-100 sm bo‘lsa,
tuproqning hajm og‘irligi 1,45 g/sm ga teng.Silindr diametri 8-10 sm, uzunligi
3
16-18 sm bo‘lib, ikki tomoni ochiladigan, qopqoqli bo‘ladi.
Bo‘z tuproqlar haydalma qatlamining zichligini E.F.Morozova [1969]
ning tavsiylari asosida quyidagicha baholangan:
1,0-1,3 g/sm –eng maqbul (optimal);
3
1,3-1,4 g/sm –yaxshi;
3
3
1,4-1,5 g/sm -qoniqarli;
3
1,5-1,6 g/sm - qoniqarsiz;
Tuproqning umumiy g‘ovakligi va kapillyar g‘ovakligi ham kattaroq
bo‘lishi va shuningdek aeratsiya nokapillyar g‘ovakligi esa barcha hajmining
15-20 % ni tashkil etishi agronomiya nuqtayi nazaridan muhimdir. Agar
tuproqning namligi eng kam nam sig‘imiga mos bo‘lgan sharoitda aeratsiya
g‘ovakliklarining hajmi barcha hajmining 15-20 % dan kam bo‘lsa, u holda
tuproq aeratsiyasini yaxshilash uchun agronomik yoki meliorativ chora-
tadbirlar ko‘rilishi zarur. Qumoq va soz tuproqlar haydalma qatlamining
umumiy g‘ovakligini baholash bo‘yicha shkala ishlab chiqilgan.
Izoh.Tuproqning solishtirma og‘irligi laboratoriya usulida aniqlanadi va
g‘ovakligi natijalar asosida hisoblanadi.
2.1- jadval
Tuproq umumiy g‘ovakligini baholash (N.A. Kachinskiy bog‘yicha)
Umumiy g‘ovakligi, % Tuproq g‘ovakligining sifat bahosi
70 Haddan tashqari g‘ovakli
55-65 A’lo
50-55 Qoniqarli
50 Qoniqarsiz
40-25 Juda past
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1.Tuproqning hajm og‘irligi nima?
2.Tuproqning g‘ovakligi nima?
3.Tuproqning g‘ovakligining ahamiyati?
4.Tuproq zichligining maqbul darajasi?
Tuproqning mexanik tarkibini aniqlash usullari
Tuproqning mеxanik tarkibini aniqlash usullari: Loyli, quruq, quruq elash
va pipеtka (loyqalatish) usullari bor. Dalada amaliy va laboratoriya usullari.
1.Loyli usuli: Dalada loy qilib, xalqachalar yasab ham tuproqning
mеxanik tarkibi aniqlanadi. Buning uchun ozgina (40-50 grammcha) tuproq
121